Soliq kodeksiga kiritilgan özgartirişga köra:
- Zargarlik buyumlarini işlab çiqariş uçun foydalaniladigan qimmatbaho toşlarni Özbekiston hududiga olib kiriş qöşilgan qiymat soliğidan 2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargaça ozod qilinadi.
- Kasaba uyuşmalari tizimidagi bolalar soğlomlaştiriş oromgohlari negizida bolalarning dam oliş mavsumidan taşqari davrda taşkil etiladigan dam oliş uylarining va dam oliş zonalarining mazkur yönalişdagi xizmatlarni körsatişdan olgan foydasi 2026 yil 1 yanvargaça foyda soliğidan ozod qilinadi.
«Turizm töğrisida»gi qonunga kiritilgan özgartirişga köra:
- Kasaba uyuşmalari tizimidagi bolalar soğlomlaştiriş oromgohlari negizida bolalarning dam oliş mavsumidan taşqari davrda taşkil etiladigan dam oliş uylari va dam oliş zonalari joylaştiriş vositalari sifatida majburiy sertifikatlaştirişdan ozod etiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.

















