Jahon | 13:12 / 19.06.2023
9849
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya senati aborigenlar huquqlari bo‘yicha referendumga ruxsat berdi

Foto: AP

Avstraliya parlamentining yuqori palatasi referendum o‘tkazilishini ma’qulladi. Aborigenlar xalq so‘rovi natijalariga ko‘ra, mahalliy aholi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha parlamentda maslahat ovozini olishi mumkin

Avstraliya senati mahalliy aholi huquqlarini mamlakat konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yish bo‘yicha referendumga yo‘l ochdi. Aborigenlar ham parlamentda ovoz berish uchun maxsus huquqni olishi mumkin. 19 iyun, dushanba kuni referendumni qo‘llab-quvvatlash uchun 52 senator ovoz berdi, 19 nafari esa qarshi chiqdi. 

Bu yil mamlakat bo‘ylab so‘rov o‘tkazilishi kerak. Avstraliya bosh vaziri Entoni Olbanizning aytishicha, Avstraliyada tarixga kirish imkoniyati bor. Avstraliya parlamentining quyi palatasi allaqachon referendumni ma’qullagan. Ovoz berishning aniq sanasi hali belgilanmagan. 

Referendum 2023 yil oktyabrdan dekabrgacha bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Agar avstraliyaliklarning aksariyati ovozga qo‘yilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlasa, u holda Avstraliya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritiladi. 

Tuzatishlarga muvofiq, aborigenlar parlamentda maxsus ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan o‘z maslahat qo‘mitasini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu qo‘mita parlament a’zolariga mahalliy aholi muammolari bo‘yicha maslahat beradi. Qo‘mita tavsiyalari majburiy bo‘lmaydi. 

Mavzuga oid