O‘zbekiston | 19:41 / 22.06.2023
5601
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi elektr energiyasi iste’moli 30 foizga o‘sdi

2017-2022 yillar mobaynida Toshkent shahri aholisi va ulgurji iste’molchilar tomonidan energiya iste’moli hajmi 30 foizga oshdi.

Foto: tourism.tashkent.uz

So‘nggi 6 yilda Toshkent shahrida elektr energiya iste’moli hajmi 30 foizga o‘sdi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

2017-2022 yillar mobaynida Toshkent shahri aholisi va ulgurji iste’molchilar tomonidan energiya iste’moli hajmi 30 foizga oshgan. Xususan, aholi tomonidan elektr energiyasi iste’moli keskin ravishda o‘sgan va 2017 yil bilan taqqoslaganda umumiy ko‘rsatkichning 37 foiziga yetgan.

“Toshkent shahrining har bir abonenti tomonidan (hisoblagich asosida) elektr energiyasi iste’moli o‘sishida kuzatilayotgan ijobiy tendensiya 2017 yildan buyon 21 foizni tashkil etdi.

Toshkent shahridagi elektr energiyasi iste’moliga abonentlar sonining o‘sishi ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda, bu ko‘rsatkich 2017 yil bilan taqqoslaganda 18 foizni tashkil etdi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrining shiddat bilan rivojlanishi, aholi turmush darajasi va farovonligining o‘sib borishi, iqtisodiy taraqqiyot sanoat iste’molchilari soni 2017 yildan buyon 34 foizga ko‘payishiga olib keldi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Mavzuga oid