O‘zbekiston | 15:15 / 26.06.2023
9325
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: «Samarqandda 2030 yilga qadar bog‘cha muammosi qolmaydi»

Foto: O‘zLiDeP

Prezidentlikka O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashmoqda. Uning aytishicha, 2030 yilga borib viloyatda bolalar bog‘chasi bilan bog‘liq muammo qolmaydi.

«Samarqand viloyatida kelgusi 7 yilda qo‘shimcha 110 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratamiz. Bunda 21 ta yangi maktab va 347 ta maktab uchun qo‘shimcha bino quriladi, 210 ta maktab kapital ta’mirlanadi.

Samarqandda 2030 yilga qadar birorta mahallada bog‘cha muammosi qolmaydi. Buning uchun 76 ta mahallada ilk bor bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, qo‘shimcha 255 ta bog‘cha tashkil qilinadi», dedi nomzod.

Mavzuga oid