Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahrida Lacetti yölni kesib ötayotgan bir guruh fuqarolarni urib yuborgani aks etgan video lavha tarqaldi. Samarqand viloyati IIB YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, YTH 11 aprel kuni soat 20:00 larda Samarqand şahri Nurli yöl mahallasi hududidan ötuvçi Rudakiy köçasida sodir bölgan. 1997 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvida bölgan Lacetti piyodalar ötiş yölagidan yölni kesib ötayotgan fuqarolarni urib yuborgan.
Tarmoqlarda tarqalgan videoda bir neçta maşina piyodalarni ötkazib yuboriş uçun töxtaganini, Lacetti maşinasi esa katta tezlikda kelib, piyodalar yölagini kesib ötayotgan fuqarolarni urib, qarama-qarşi yölga çiqib ketganinin köriş mumkin. Haydovçi kamida 6-7 kişini urib yuborgan. Ular orasida bolalar ham bor.
Qayd etilişiça, YTH oqibatida tan jarohati olgan piyodalar şifoxonaga yetkazilib, tibbiy yordam körsatilgan.
Holat yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Haydovçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur modda böyiça aybdor deb topilgan şaxs muayyan huquqdan mahrum qilib, 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi közda tutilgan.

















