Samarqand şahri Rödakiy köçasidagi piyodalar yölagida bir guruh piyodalar yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti tomonidan urib ketilgani bilan boğliq holat böyiça qöşimça ma’lumotlar paydo böldi.

Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati tayyorlagan lavhada ma’lum qilinişiça, 11 aprel kuni soat 20:00 lar atrofida Samarqand şahari Rödakiy köçasida Lacetti haydovçisi avtomobilni yuqori tezlikda boşqarib borib, yölning belgilangan qismida piyodalarni ötkaziş uçun töxtab turgan Labo rusumli avtomobilga ortdan urilgani va boşqaruvni yöqotib, piyodalar ötiş joyidan ötayotgan sakkiz nafar fuqaroni urib yuborgani aytiladi.

Oqibatda piyodalar tan jarohati olib, Samarqand şahar tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan. Şifokorlar körsatgan yordamga qaramasdan, piyodalarning biri – 33 yoşli ayol hayotdan köz yumgan.

«Bugun haydovçining mas’uliyatsizligi, yöl harakati qoidalariga amal qilmasligi natijasida bir emas, sakkiz nafar fuqaro jabr körgan. Piyodalarning bir nafari bu dunyoni erta tark etgan bölsa, qolganlari turli darajada tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Haydovçi yöl harakati qoidalariga amal qilmasligi, şahar içki köçasida me’yoridan ortiq tezlikda harakatlanişi – potensial qotillik emasmi?» – deya savol qöyiladi viloyat IIB tomonidan tayyorlangan lavhada.

Haydovçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölimiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur modda böyiça aybdor deb topilgan şaxs muayyan huquqdan mahrum qilib, 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi közda tutilgan.

Marhum ayolning uç nafar farzandi yetim qolgan, hodisa vaqtida ayolning qölida bölgan uç yoşli gödagi ham jarohatlangan va jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. 

Qoidabuzarning onasi esa «baxtsiz hodisa» tufayli jabrlanganlardan uzr söragan, yolğiz boquvçisi bölgan öğli yaqinda Rossiyadan qaytgani, «şunday iş qilaman deb köçaga çiqmagani»ni aytib intervyu bergan va boşqa haydovçilarni ehtiyotkor bölişga, piyodalarga doim yöl berib harakatlanişga çaqirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrda maşinalar piyodalar ötiş yölagi oldida töxtagani, piyodalar yölning yarmini kesib ötganida Lacetti yuqori tezlikda kelib, ularni urib yuborgani, piyodalar zarbdan bir neça metrga otilib ketgani köringan. Maşina kamida bir kişini bosib ötib, tösiqdan oşib ötgan va qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan.