Jahon | 11:28 / 27.06.2023
10458
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya sudi Rossiyaga elchixona uchun yer ijaraga berishni rad etdi

Avstraliya sudi parlament binosi yaqinidagi Rossiya yangi elchixonasi uchun yer ijarasi shartnomasi bekor qilinishini tasdiqladi.

Foto: MICK TSIKAS/AAP/IMAGO

Avstraliya Oliy sudi Rossiya diplomatik missiyasi uchun yangi bino qurishga yer ijarasi shartnomasini bekor qilishga qarshi chiqqan Rossiya da’vosini rad etdi, deb xabar beradi AP 26 iyun, dushanba kuni.

Bosh vazir Entoni Albaneze Oliy sud qarorini olqishlashini va Rossiya diplomatik missiyasi vakillarining yerni tark etishini kutishini aytdi. "Sud Rossiyaning obektda bo‘lishda davom etishi uchun hozircha qonuniy asos yo‘qligini aniq aytdi va biz Rossiya Federatsiyasi sud qaroriga muvofiq harakat qilishini kutamiz", dedi Albaneze.

"Avstraliya Oliy sudining yerni ijaraga berish bo‘yicha qarori afsuslanarli. Elchixona advokatlar bilan keyingi qadamlarni muhokama qilmoqda", - deya izoh berdi Rossiya vakolatxonasidagi sud qaroriga.

Rossiya 2008 yilda poytaxt Kanberrada Avstraliya parlamenti binosi yaqinidagi yerni uzoq muddatli ijaraga olgan. 2022 yilda Milliy poytaxt boshqarmasi (NCA) shartnoma bekor qilinishini bildirdi, chunki Rossiya ruxsatnoma berilgan kundan boshlab uch yil ichida qurilish ishlarini yakunlamagan, ammo sud boshqarmaning harakatlarini noqonuniy deb topdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid