O‘zbekiston | 09:29 / 27.06.2023
2510
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xitoy va Rossiyadan 6,5 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi

O‘zbekiston importidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.

Foto: Reuters

2023 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 3,7 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 2,8 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 1,4 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: 

—  Koreya – 1 mlrd;
—  Germaniya – 862 mln;
—  Turkiya – 749 mln;
—  Braziliya – 311 mln;
—  Turkmaniston – 299 mln;
—  Litva – 268 mln;
—  Hindiston – 216 mln AQSh dollari.

Avvalroq 2023 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.

Ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston eksportida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiya bilan qayd etilgan – 986,3 mln dollar.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 823 mln hamda 576,7 mln dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Qozog‘iston joy oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid