Kasaba uyushmalari kuni ishlanmaydigan bayram kuni sifatida belgilanadi
Mehnat kodeksiga o‘zgartish kiritilib, xodimlarga yana bir dam olish kuni belgilanadi.
Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida “Mehnat kodeksining 208-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, soha xodimlari sa’y-harakatlari bilan 5425 nafar ishchi-xizmatchining mehnat huquqlari tiklanib, ularning foydasiga 11 milliard so‘mga yaqin mablag‘ undirilgan.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha 932 korxona va tashkilotdagi xodimlarning hayoti va mehnati uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan 5 mingdan ziyod kamchilik bartaraf etilgan.
Hozirgi vaqtda kasaba uyushmalari tizimida 34 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlar samarali faoliyat ko‘rsatib, soha bo‘yicha 6,7 mingdan ziyod xodim va 300 mingga yaqin faollar fidokorona xizmat qilmoqda. 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni respublika barcha ishchi-xodimlari tomonidan muhim sana sifatida keng nishonlanadi.
Shundan kelib chiqib, Mehnat kodeksi 208-moddasining birinchi qismiga 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kuni sifatida belgilashga qaratilgan o‘zgartish kiritilmoqda.
Tavsiya etamiz
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin 9 may kuni Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilishini e’lon qildi
Jahon | 16:41
-
Rossiyada o‘zbekistonlik quruvchi balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi
Jahon | 16:37
-
Yangi Rim papasini saylash uchun konklav 7 may kuni chaqiriladi - Reuters
Jahon | 16:35
-
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi
Jamiyat | 16:31
Mavzuga oid

19:51 / 20.02.2025
O‘zbekistonliklar 8 mart munosabati bilan necha kun dam oladi?

18:36 / 08.01.2025
Markaziy Osiyo davlatlarida 2025 yilgi dam olish kunlari soni taqqoslandi

22:17 / 17.10.2024
Konstitutsiya kuni bayramini nishonlash bo‘yicha prezident farmoyishi imzolandi

07:07 / 31.08.2024