Kardinallar 7 may kuni yangi Rim papasini saylaş uçun konklavga töplanadi. Bu haqda Reuters Vatikandagi manbasiga tayanib xabar berdi.
Rim katolik çerkovining oliy ruhoniylari 28 aprel kuni yopiq eşiklar ortida uçraşib, yangi papaning saylovi sanasini belgiladi.
Hozirça konklav çaqiriladigan sana töğrisida rasmiy xabar e’lon qilinmadi.
Rim papasi Fransisk 21 aprel kuni vafot etdi. 26 aprel kuni Vatikanda Fransiskning dafn marosimi bölib ötdi — marosimda 200 mingga yaqin odam iştirok etdi. Rim katolik çerkovi qoidalariga köra, yangi papa saylanadigan konklav 5-11 may oraliğida ötkazilişi kerak edi.
Konklavda 80 yoşga tölmagan kardinallar iştirok etişi va saylanişi mumkin. Hozirda kollegiyaning 252 nafar a’zosini 135 nafari uşbu talabga mos keladi.
Saylovlar Sikstin kapellasida ötkaziladi. Yangi papa saylanmagunga qadar kardinallarga taşqi olam bilan aloqa örnatiş taqiqlangan.












