Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Rossiyadan «g‘alla bitimi»ni uzaytirishini kutmoqda
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan «g‘alla bitimi»ni uzaytirish masalasini muhokama qilmoqchi. Avvalroq Moskva o‘z talablari bajarilmagani uchun kelishuvni buzish bilan tahdid qilgan edi.
Turkiya Qora dengiz don tashabbusining uzaytirilishiga umid qilmoqda, dedi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 7 iyul, juma kuni. Rossiya, Turkiya, Ukraina va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ishtirokchi bo‘lgan don eksporti shartnomasi muddati 17 iyulda tugaydi.
Anqara kelishuv kamida 3 oyga uzaytirilishiga umid qilmoqda, biroq 2 yilga uzaytirilishi tarafdori, dedi Erdo‘g‘an Istanbulda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan keyin. Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u kelasi oy Turkiyada bu masalani Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham muhokama qilish niyatida. Kreml avvalroq bunday uchrashuv bo‘lishi mumkinligini tasdiqlagan, biroq aniq sanani aytmagandi.
Rossiya BMT va Turkiya vositachiligida 2022 yilning yozida Ukraina Qora dengiz portlarining Rossiya dengiz blokadasini tugatgan kelishuvni yangilamaslik bilan tahdid qilmoqda. Moskva bu tashabbus kelishuvning ajralmas qismi ekanligini va uning ikkinchi qismi, xususan, Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘it eksportiga ruxsat berishni nazarda tutuvchi Rossiya-BMT memorandumi amalga oshirilmayapti, degan pozitsiyada.
O‘z navbatida, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya va Ukrainadan oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksporti global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda davom etayotganini ta’kidladi. «Ushbu kelishuvlar xalqaro hamjamiyat zamonamizning muammolarini inobatga olgan holda nimalarga qodirligini ko‘rish uchun kamdan-kam imkoniyatdir», - deyiladi bayonotda.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Qora dengiz g‘alla tashabbusi tufayli o‘tgan yili 32 million tonna g‘alla tashilgan va bu dunyoda oziq-ovqat narxining pasayishiga katta hissa qo‘shgan.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026