O‘zbekiston | 22:13 / 12.07.2023
13358
12 daqiqa o‘qiladi

«BRICS'ga eng ko‘p ehtiyoj sezuvchi davlat Rossiya» - ekspert bilan suhbat 

BRICS G7 davlatlariga raqobatchi bo‘la oladimi? Neftga boy mamlakatlarning a’zoligi tashkilotga nimalar beradi? O‘zbekiston uchun ushbu tuzilmaga a’zo bo‘lish foydalimi? Kun.uz shu kabi savollarga javob olish maqsadida siyosatshunos Aktam Jalilov bilan suhbatlashdi.

"Geosiyosat"ning bugungi sonida Braziliya, Rossiya, Xindiston, Xitoy va Janubiy Afrika respublikalaridan iborat BRICS tuzilmasi tarixi hamda hozir tuzilma atrofida yuz berayotgan siyosiy vaziyat haqida siyosiy fanlar doktori, professor Aktam Jalilov bilan suhbatlashamiz.

BRICS qanday tashkilot va uning dunyo hamjamiyatida iqtisodiy ta’siri qanday?

— BRICS tashkilotining asosiy ishtirokchilari: Rossiya, XXR, Braziliya, Hindiston, JAR. Geosiyosiy koalitsiya sifatida ta’riflanadi. Bu tuzilma nafaqat iqtisodiy, balki geosiyosiy jihatdan ham ahamiyatli.

JARdagi BRICS davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida Rossiya tashqi ishlar vaziri ko‘pqutblilikni targ‘ib qilish maqsadida rus tilida nutq so‘zlashini aytdi. Xitoy tashqi ishlar vaziri ham shunday qildi. Geoiqtisodiy negizga ega geosiyosiy maslakdoshlar guruhi desa bo‘ladi bu tuzilmani, umuman olganda.

— So‘nggi vaqtlarda BRICS'ni G7 yoki G20 davlatlarining raqobatchi sifatida ham e’tirof etilishini kuzatib turibmiz, neftga boy olti arab davlati, ya’ni Jazoir, Misr, Eron, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va BAA ham tashkilotga kirish uchun ariza topshirishgan.

Shunday ekan G20, G7 va BRICS’ni tashkilotni o‘zaro taqqoslash mumkinmi?

— BRICS G7 davlatlariga raqobatchi bo‘loladimi, degan masalaga to‘xtalish kerak birinchi. G7 bu — o‘zaro va butun dunyo bilan savdo-iqtisodiy aloqalari kuchli bo‘lgan davlatlar. Bu davlatlar iqtisodiy, sanoatlashish jihatdan yuqori darajaga chiqqan, bular bilan raqobatlashish qiyin. Bu mamlakatlar xalqaro siyosiy, moliyaviy, iqtisodiy institutlar doirasida sinxron harakat qiladi. BRICS 'ni G7'ga qiyoslashga ancha vaqtlar bor.

BRICS davlatlarining YaIMi dunyo YaIMining 18 foizini, savdo aylanmasining 15 foizini tashkil qiladi, 40 foiz bug‘doyni yetishtiradi, degan raqamlar ko‘p, agar sanayversa. Lekin bularning geografiyasi bir-biridan juda uzoq. Hali bu tuzilma qat’iy siyosiy institutlashgani yo‘q. Tuzilmada Xitoy va Hindiston — yetakchi. Braziliya, EAR kabi davlatlar xomashyo yetkazuvchi davlatlar bo‘lishi mumkin. Tuzilma doirasida Xitoy Hindiston katta tezlik bilan o‘sib bormoqda iqtisodiy va texnlogik dihatdan.

— Xalqaro jinoiy sudning Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish talabi ortidan Janubiy Afrika BRICS sammitini Xitoyga ko‘chirmoqchi,  odatda xalqaro tashkilot qarorlari tavsiyaviy ahamiyatga ega, shunday bo‘lsa-da, Afrika negadir hali biror qarorga kelmagan, buning sababi nima?  

— BRICS 'ga eng ko‘p ehtiyoj sezuvchi davlat — Rossiya. Chunki bu davlat bugungi kunda ihotalanib qoldi tashqi siyosati ortidan. JAR Afrika davlati bo‘lsa-da, u yerda G‘arbning ta’siri katta, shu sababli Putin uchun xatarli bo‘lishi mumkin.

Putin oxirgi yillarda mamlakatdan ko‘p chiqmayapti. Bemalol borishi mumkin bo‘lgan davoat Belorus bo‘lib qolyapti. Rossiyaning o‘z harakatlari sabab bunga. Bu vaziyatda Xitoy JARga nisbatan xavfsizlikni yaxshiroq ta’minlab bera olishi mumkin. Bunga Haaga sudining unchalik aloqasi ham yo‘q. Xalqaro sudning talablarini qabul qilmagan davlatga ham borolmaydi Putin. Shunday vaziyatda u.

— Avvalgi kengaytirilgan shaklda o‘tkazilgan sammitda bir qancha davlatlar qatorida O‘zbekiston va Qozog‘iston ham ishtirok etgan, aytingchi BRICS ga a’zolik O‘zbekistonga nima beradi. BRICS ning Afrika davlatlari bilan transport-logistika sabab ancha uzoqda. Shundoq ham O‘zbekiston Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston bilan ko‘plab tashkilotlarda a’zo, o‘z masalalarini shundoq ham muhokama qila olmaydimi?

— BRICS davlatlari taraqqiyot bankining ustav kapitali 100 mlrd dollar. Eng ko‘p mablag‘ni Rossiya qo‘shgan, ya’ni 38 mlrd dollar. JAR 5 mlrd, Hindiston 18 mlrd. Bank bo‘lishi — institutlashishning birinchi qadami. Moliyaviy resurlarni bir-biriga yo‘naltiruvchi tizim paydo bshlsa, institutlashish kuchayadi, o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalar omonlashadi. Va shundagina boshqa davlatlarningunga qo‘shilgandagi foydasini hisob-kitob qilsa bo‘ladi. Saudiya Arabistonining qo‘shili bankning ustav kapitalini oshirishi mumkin, xolos. Shu tomondan ijobiy turtki bo‘ladi, deyishyapti.

Aytganingizdek, biz turli platformalarda bu davlatlar bilan muloqotdamiz. Bizning kun tartibdi BRICS 'ga qo‘shilish yo‘q. Xitoyning tashqi savdo aylanmasida Yaponiyaning ulushi barcha BRICS davlatlarinikilan ko‘p ekan. Asosiy savdo-iqtisodiy hamkori esa AQSh — 17 foiz. Importda esa birinchi o‘rinda Janubiy Koreya. Hindistonning ham birinchi hamkori AQSh, Braziliyada esa ikkinchi hamkori AQSh. Rossiyaning birinchi savdo-iqtisodiy hamkori esa YeI davlatlari. Ko‘rinyaptiki, BRICS 'ning ham asosiy hamkorlari G7 davlailari. Bunday holatda nega BRICS 'ga urg‘u berish kerak? Shunchaki yumshoq shaklda geosiyosiy koalitsiya bu. Har yili bo‘ladigan sammitlar savdo-iqtisodiy aloqalarni BRICS 'ga burishga asos bo‘lmaydi, raqamlar teskarisini ham ko‘rsatyapti.

Xitoy va Hindiston geografik jihatdan yaqin bo‘lib, iqtisodiy yadro yaratishda raqobatdosh. JAR va Braziliya juda uzoqda o‘z mintaqasida, ya’ni birgalikda iqtiodiy rivojlanish uchun qulay emas unchalik.

— BRICS 'ga qiziqish bildirayotgan Yaqin Sharq davlatlari haqida aytdik. Bu davlailar neftga boy. Agar ular BRICS 'ga qo‘shilsa, Xitoy va Rossiya yetakchi bo‘lgan vaziyatda dunyoning iqtisodiy muvozanatiga qandaydir ta’sir qilishi mumkinmi?

— Saudiya Arabistoni bilan G‘arb o‘rtasida so‘nggi vaqtlarda munosabatlar unchalik yaxshi emas kayfiyat nuqtai nazaridan. Shuning uchun Saudiyaga muqobil bir tuzilma kerak yo‘nalish olish uchun. Ular ham AQSh ta’sirida bo‘lishni istamaydi. Xitoy Yaqin Sharq davlatlariga geosiyosiy ta’sir o‘tkazmagani uchun BRICS jozibali bo‘lib ko‘rinyapti ularga. Qo‘shilishga ariza bergan davlatlar ham juda unchalik katta mavqega ega bo‘lgan davlatlar emas. BRICS 'ning o‘zi hali qat’iy tuzilma emas, aytganimizdek.

Saudiya Arabistonining qo‘shilishi G‘arb davlatlarining Yaqin Sharq davlatlariga bo‘lgan siyosatini ko‘rib chiqishga turtki bo‘lishi mumkin, xolos. Agar mustahkam, kuchli tashkilot bo‘lganda BRICS , G‘arb, AQSh hushyor tortishi mumkin edi. Ularning qo‘shilishi bir necha o‘n yildan keyin qaysi qutbga qarab yo‘nalish olganini ko‘rsatishi ham mumkin.

Statistikalarga ko‘ra, 2040 yilga borib Xitoy va Hindiston dunyo iqtisodiyoti yetakchilariga aylanadi. Rossiya, Braziliya kabi davlatlar esa xomashyoga boy. Va YeI davlatlarida iqtiodiy o‘sishda pasayish kuzatilishi mumkin, deyilmoqda. 2050 yillarga borib esa, Afrika qit’asi investitsiya kiritish uchun eng jozibali qit’aga aylanadi. Butun Afrika uchun investorlik qilishga Xitoyning imkoniyati yetadi. BRICS'ga JARning a’zoligi boshqa Afrika davlatlarini ham Xitoyga qarab yo‘nalish olishiga turtki bo‘ladi. Xitoyning geosiyosiy hamkorlarini aniqlab beradigan tuzilma ham dir bu. Balki, BRICS bir necha o‘n yildan so‘ng juda yeuchayib ketishi mumkin.

— Iqtisod va siyosat doim yonma-yon. Masalan   BMT Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sabab urushni qoralovchi rezolyutsiyasida Jazoir ovoz berishda betaraf bo‘ldi. Undan tashqi qarz evaziga Misrning port va aeroporti Xitoyga o‘tishi mumkin. Avvalroq Keniyaning Mambos porti Xitoy tassarufiga o‘tganligi keng shov-shuv bo‘lgan edi. Ya’ni BRICS yetakchilari parallel siyosat olib borishlari geosiyosatga qanchalik ta’sir qilmoqda?

— Bu voqealarni taqqoslash sun’iy bo‘lib qoladi. Jazoir ham Saudiya Arabistoni kabi o‘z ovoziga jga bo‘lishni istaydi. Lekin Jazoir BRICS orqali o‘zining geosiyosiy obro‘sini kuchaytirish qiyin. Yo‘nalish olishga harakat qilyapti faqat. BRICS sammitiga Makronning kelishi haqidagi gaplardan so‘ng Rossiya bu to‘g‘ri bo‘lmasligini aytib o‘tdi.

Mambos porti va aeroportning Xitoyga o‘tishi — Xitoyning Afrikadagi uzoq yiltik investitsiyaviy siyosati natijasi. Oldingi suhbatlarda aytganimizdek, Xitoyning nihoyatda katta investitsiyalari bor Afrikada. Biznes, iqtisodiyot qoidasi bu portning, aeroportning Xitoyga o‘tishi. Bu degani davlat siyosatiga ta’sir qilmaydi. Masalan, BAAdagi katta-katta kompaniyalarni g‘arbliklar boshqaradi. Xitoy shundoq ham o‘z manfaatlarini amalga oshiradi, juda unchalik muhim emas.

Makronning ishtirok etishi, Putinning borish-bormasligi masalasi juda shov-shuv bo‘lyapti. Lekin yetakchi bo‘lgan Xitoy va Hindiston jarayonlarga juda bosiqlik bilan qarayapti.

— Hindiston va Xitoyning har tomonlama raqobati ortib bormoqda, biroq shunga qaramay ular BRICS ning faol a’zosi, sof iqtisodiy tuzilmada qarorlar qabul qilish jarayonida ikki davlatning  o‘zaro manfaatlari to‘qnashmaydimi?

— Geosiyosiy jihatdan Hindiston va Xitoy raqobatdosh lekin. Lekin iqtisodiy jihatdan Xitoy va Hindiston manfaatlari to‘qnashmaydi ko‘pincha, ya’ni ularning strategiyalari har xil, bir nuqtada raqobatga kelib qolmaydi. Masalan, Xitoy yurgan yo‘ldan Hindiston yurmaydi yoki aksi. Hatto xomashyo yetkazib berishda ham hamkorlar uchun raqobat bo‘lmaydi. Masalan, Rossiya Xitoyga yog‘och yetkazib beradi, lekin Hindistonga bunday emas. Bu ikki iqtisodiy qudratli do‘konlarning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘nalishi bor.

— Hindiston barcha davlatlar bilan bir xilda, manfaatlari yuzasidan bir xil aloqada va iqtisodiy o‘sib boryapti. Shunday bir holatda Xitoyga nisbatan sanksiyalar, tashqi ta’sirga chidamli deb aytsak bo‘ladimi Hindiston iqtisodiyotini?

— Ayni holatni misol qilib olsak. Rossiyaga bo‘layotgan sanksiyalarning Hindistonga yo‘q. Xitoyga ham ta’siri yo‘q deyarli, lekin yumshoq tarzda Rossiya tarafini oladi. Hindiston ba’zi sohalarda Rossiya bilan raqobatdosh. Masalan, Hindiston va Rossiyada yirik po‘lat ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bor edi. Ya’ni manfaatlar to‘qnashuvi bo‘ladi. Lekin so‘nggi yillarda Rossiya va Hindiston o‘rtasida tovar ayirboshlash kuchaydi. Afg‘oniston va Pokistonda batamom tinchlik o‘rnatilsa,yanayam kuchayadi bu hamkorlik. Umuman, avvaldan Hindistonda Rossiyaga moyiltik bo‘lgan, lekin buni pragmatik Hindiston iqtisodiy siyosati bilan aloqador deb bo‘lmaydi.

Normuhammad Ali Abdurahmonov suhbatlashdi.
Tasvirchilar – Mirvohid Mirrahimov
Montajchilar – Boymirza Xalilov

Mavzuga oid