Markaziy Osiyodagi tarix darsliklarida yozilgan Rossiya mintaqa xalqlarini bosib olib, mustamlaka qilganiga oid tarixiy haqiqat Moskvada xuşlanmayapti. Siyosiy tahlilçilarga köra, bu – klassik kolonizatorlarga xos yondaşuv. Qolaversa, mustabid tuzumdan ajrab çiqqan xalqlarning öz tarixini anglaşdagi yutuqlari hozir RF tarkibida yaşayotgan turli millatlarda ham aks sado berişi mumkin, degan qaraşlar bor.
Duşanba kuni Moskvada ötgan rus va qirğiz tarixçilari uçraşuvida Rossiya tomoni Qirğizistondagi tarix darsliklaridan “Rossiya mustamlakasi” iborasini olib taşlaşni söradi.
Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida bunga munosabat bildirgan siyosiy tahlilçilar tarixiy ötmişni manipulyatsiya qiliş – klassik kolonializmga xos xususiyat ekanini urğuladi.
— Rossiya nega sobiq imperiya siyosatini “mustamlakaçilik” emas, “ma’muriy boşqaruv” sifatida körsatişga urinmoqda?
Kamoliddin Rabbimov: Rossiya tarixçilari Qirğizistondagi darsliklardan “Rossiya mustamlakasi” iborasini olib taşlaşni söradi. 2025 yilda şunga öxşaş holat Tojikistonda ham kuzatilgan edi.
Rossiyalik ayrim siyosatçilar va olimlar şunday fikr bildirişdi: “Tojikiston bizning ittifoqçimiz, özaro aloqalarimiz juda yaxşi. Mamlakatimizda millionlab tojikistonliklar mehnat qiladi va öz yurtiga milliardlab mablağ yuboradi. Şunga qaramay, Tojikiston maktab darsliklarida bizni imperiya sifatida talqin qiladi, ya’ni bizga nisbatan salbiy baho beradi”.
Savol tuğiladi: nega aynan Tojikiston yoki Qirğizistonga nisbatan bunday e’tirozlar bildirilmoqda, ammo Qozoğiston yoki Özbekistonga nisbatan bunday munosabat kuzatilmaydi? Bu – ma’lum bir siyosiy texnologiya. Ya’ni nisbatan ta’sir ötkaziş osonroq bölgan davlatlardan boşlanib, bosqiçma-bosqiç boşqa mamlakatlarga ham signal beriş közda tutilmoqda. Göyoki bu jarayon sinov tariqasida amalga oşirilmoqda.
Masalan, Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va faoliyatiga bağişlangan “Olovli yöllar” serialini köriş mumkin. Unda Çor Rossiyasi imperialistik va bosqinçi kuç sifatida tasvirlanadi, sovet hokimiyati esa özini “ozodlik keltiruvçi” sifatida körsatadi. Ya’ni bu yerda ikki davr – Çor Rossiyasi va sovet davri bir-biridan ajratib talqin qilinadi. Hozirgi kunda esa Rossiya rahbariyati bu ikki davrni bir butun tarixiy jarayon sifatida körsatişga urinmoqda. Ya’ni “ikkalasini ham bosqinçi deb atamanglar” degan siyosiy yondaşuv ilgari surilmoqda.
Holbuki, bu – tarixiy jihatdan klassik kolonializmga xos holatdir. Qiziği şundaki, Rossiya boşqa davlatlarni, masalan, Fransiya yoki Buyuk Britaniyani mustamlakaçilikda ayblaşni yaxşi köradi. Ularning Afrikada, Osiyoda yoki Lotin Amerikasida olib borgan siyosatini tanqid qiladi, ammo gap Rossiyaning öziga kelganda, özini klassik ma’nodagi kolonizator sifatida tan olişni rad etadi.
Anvar Yöldoşev: Rossiyaning bugungi kunda “mustamlakaçi” degan ta’rifdan qoçişga urinişi bir neçta geosiyosiy, ideologik va mafkuraviy sabablarga ega. Avvalo, “mustamlakaçilik” atamasi salbiy ma’noni anglatadi. U bosib oliş, boşqa hududlar ustidan hukmronlik örnatiş kabi tuşunçalarni ifodalaydi. Şu bois bu ibora Rossiyani, ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlari va boşqa mintaqalarda, salbiy obrazda körsatadi.
Tabiiyki, Rossiya bunday talqinni istamaydi va undan qoçişga harakat qiladi. Şu sababli rasmiy va yarim rasmiy doiralarda “mustamlakaçilik” örniga “ma’muriy boşqaruv” kabi yumşoqroq atamalardan foydalaniş taklif etilmoqda. Çunki Rossiya tarkibida turli millatlar yaşaydi va agar “mustamlakaçilik” tuşunçasi oçiq tan olinsa, RF tarkibidagi turli sub’yektlarda “hozir biz ham mustamlakamiz” degan qaraşlar kuçayişi mumkin. Demak, bu yondaşuv ma’lum darajada jamoatçilik fikrini şakllantirişga qaratilgan.
Töliq suhbatni YouTube'dagi “Geosiyosat | Kun.uz” kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.










