Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ va OTB missiyasi O‘zbekiston soliq ma’muriyatchiligi holatini baholaydi
Soliq tizimini baholashda ma’lumotlar to‘g‘riligini maksimal darajada oshirish maqsadida joylarda soliq ma’muriyatchiligi holatini o‘rganish uchun ishchi missiyalar tashkil etiladi.
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Joriy yilning 10 iyul kuni O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov Vinsent de Pol Kukpayzan boshchiligidagi Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) fiskal departamenti vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston soliq ma’muriyatini baholash bo‘yicha XVJ va OTB qo‘shma missiyasining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Missiyaning asosiy maqsadi soliq ma’muriyati holatini diagnostik baholash bo‘lib, uning doirasida soliq ma’muriyati kuchli va zaif tomonlari, keyingi islohot va harakatlar ketma-ketligi dasturi aniqlanadi.
Soliq tizimini baholashda ma’lumotlar to‘g‘riligini maksimal darajada oshirish maqsadida joylarda soliq ma’muriyatchiligi holatini o‘rganish uchun ishchi missiyalar tashkil etish ham taklif qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar missiya davomida yuzaga kelgan masalalarni o‘z vaqtida hal qilish uchun qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
09:18 / 19.11.2025
O‘zbekistonda inflatsiyani yangi uslubda hisoblashga o‘tiladi
07:49 / 28.10.2025
XVJ reytingi: 2026 yilda dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari
12:20 / 15.10.2025
XVJ Rossiya iqtisodiyotining 2025 yilgi prognozini yana pasaytirdi
21:40 / 22.09.2025