O‘zbekiston | 12:03 / 14.07.2023
30973
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida qasamyod qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari saylovda O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining juma kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida qasamyod qabul qilib, davlat rahbari lavozimiga kirishdi.

Inauguratsiya Senat binosida bo‘lib o‘tdi. Marosim boshlanishidan avval Senat majlislar zaliga shtandart (bayroq) va prezident belgisi olib kirildi.

Parlament quyi va yuqori palatalarining qo‘shma majlisida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev Shavkat Mirziyoyevga prezident guvohnomasini topshirdi.

So‘ng Shavkat Mirziyoyev qasamyod qildi. Prezident quyidagi so‘zlarni aytdi:

«Menga yuksak ishonch bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylagan barcha yurtdoshlarimga yana bir bor chin qalbimdan samimiy minnatdorchilik bildiraman.
 
Muqaddas Vatanimiz timsoli va mustaqilligimiz ramzi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘iga, madhiyamiz va gerbimizga, menga topshirilgan Prezidentlik Oliy nishoni va bayrog‘iga yuksak hurmat bajo keltiraman.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanishimni men inson huquq va erkinliklarini, xalq manfaatini ta’minlashga qaratilgan siyosatimizning yana bir yuksak e’tirofi sifatida qabul qilaman».

Mavzuga oid