Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Dushanbeda Imomali Rahmon bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan o‘zaro kelishuviga asosan mamlakat hukumati delegatsiyasi joriy yilning 21 iyul kuni Tojikistonga tashrif buyurdi.
Foto: gov.uz
Dushanbe shahrida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakat hukumati delegatsiyasini qabul qildi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston bosh vaziri Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonga davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston bosh vaziri mamlakatda bo‘lib o‘tgan saylovdan so‘ng Shavkat Mirziyoyevni dastlabki daqiqalarda prezident Imomali Rahmon tabriklaganini bildirib, bu qardosh Tojikiston davlati mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat ekanini qayd etdi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026
Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi
09:57 / 17.02.2026
Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng Imomali Rahmon yana ko‘rinish berdi
15:22 / 07.01.2026