O‘zbekiston | 14:14 / 22.07.2023
18165
2 daqiqa o‘qiladi

Komil Ernazarov Oqoltin tumani hokimi etib tayinlandi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, tuman hokimi lavozimiga shu kunga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari vazifasida ishlab kelayotgan Komil Ernazarov nomzodi tasdiqlandi.

K.Ernazarov 1984 yil Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini viloyat moliya boshqarmasida yetakchi iqtisodchi sifatida boshlab, turli yillar davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, sobiq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi hamda viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.

Joriy yilning 11 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.

Unda 2ta shahar va 10ta tumanda investitsiya muhiti qoniqarsizligi tanqid qilindi. Prezident ushbu shahar va tuman hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Yig‘ilish davomida Oqoltin tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Dilmurod Fozilov ham ishdan olindi.

Mavzuga oid