Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani mashina urib ketdi
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 30 sentabr kuni soat 03:00larda 1963 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan "Neksiya-2" avtomashinani Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 920-km.da "Termiz-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Sirdaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtda u yo‘lning piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallangan qismi mavjud bo‘lmagan joyda yo‘lni chap tomondan o‘ng tomonga kesib o‘tayotgan piyoda O.T.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada, piyoda O.T. olgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasi bo‘yicha voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:39
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026