Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YuNESKO missiyasi Odessaga boradi
Yaqin kunlarda Odessaga YuNESKO missiyasi yetib boradi, u madaniy meros obektlariga yetkazilgan zararni dastlabki baholashni amalga oshiradi, deb xabar qildi Ukraina Madaniyat vazirligi.
«Tashkilot madaniy obektlarga qasddan zarba berish, ularni yo‘q qilish va zarar yetkazishni harbiy jinoyatga tenglashtirish mumkinligini ta’kidladi. Shunga qaramay, Rossiya hali ham YuNESKOga a’zo», - deya qayd etib o‘tdi vazirlik.
Avvalroq Ukraina Madaniyat vazirligi Odessaning Rossiya tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida milliy va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 29 ta madaniy meros obekti zarar ko‘rgani haqida xabar bergan edi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiyaning Odessaga raketa hujumi sodir etganini, buning natijasida ikki kishi halok bo‘lgani va Spas-Preobrajyenskiy sobori hamda shaharning tarixiy markazidagi boshqa bir qancha tarixiy binolar zarar ko‘rganini «qat’iy qoraladi». Bu haqdagi bayonot 23 iyul kuni tashkilotning rasmiy saytida BMT spikeri Stefan Dyujarrik nomidan e’lon qilindi.
Bayonotda sobor va boshqa tarixiy yodgorliklarning o‘qqa tutilishi «urushda tinch aholi o‘rtasida dahshatli yo‘qotishlarga qo‘shimcha ravishda sodir bo‘lgan, to‘qnashuvlar vaqtida madaniy boyliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi 1954 yilgi Haaga konvensiyasini buzgan holda, butunjahon merosi konvensiyasi tomonidan qo‘riqlanadigan hududga amalga oshirilgan hujum» deb ataladi.
BMT spikeri Ukrainada keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlanganidan beri YuNESKO Ukrainadagi kamida 270ta madaniy obidaga, jumladan, 116 diniy obidaga zarar yetkazilganini tasdiqlaganini ta’kidladi. BMT bosh kotibi Rossiyani «keng ratifikatsiya qilingan xalqaro me’yoriy hujjatlar» bilan himoyalangan obektlar, Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasi va uning tinch aholi vakillariga hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi, dedi Dyujarrik.
Mavzuga oid
21:35 / 21.05.2026
“Ikkita mehmonxona qurilishini bilaman” - Turizm qo‘mitasi raisi Buxoro turizm markazi haqida
08:39 / 19.05.2026
Rossiya Izmail, Dnipropetrovsk va Xarkivga hujum qildi
16:47 / 16.04.2026
Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba berdi – fotolar
09:51 / 19.03.2026