Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda har 10 000 aholiga 28 nafar shifokor to‘g‘ri kelyapti
Aholining shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi qanday ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2023 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida har 10 000 aholiga 28 nafar shifokor to‘g‘ri kelgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar bo‘yicha aholining shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi (har 10 000 aholiga nisbatan) bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda – 70 nafar.
Undan keyingi o‘rinlardan aholining shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi har 10 000 aholiga nisbatan mos ravishda 33 nafar hamda 30 nafar shifokor bo‘lgan Buxoro viloyati va Navoiy viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Xorazm viloyati – 29 nafar;
- Samarqand viloyati 28 nafar;
- Qoraqalpog‘iston R. – 27 nafar;
- Andijon viloyati – 25 nafar;
- Farg‘ona viloyati – 23 nafar;
- Toshkent viloyati – 22 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 22 nafar;
- Jizzax viloyati – 21 nafar;
- Namangan viloyati – 20 nafar;
- Qashqadaryo viloyati – 19 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 18 nafar.
Mavzuga oid
17:36 / 22.01.2026
Aholini ro‘yxatga olishda onlayn savolnomani bir kishi butun oila uchun to‘ldirishi mumkin
16:35 / 22.01.2026
Top-10 yo‘nalish: 2025 yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga bordi?
14:20 / 22.01.2026
2025 yil statistikasi: inflatsiya 7,3 foiz, real daromadlar 9,2 foizga o‘sdi
11:19 / 22.01.2026