Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholini ro‘yxatga olishda onlayn savolnomani bir kishi butun oila uchun to‘ldirishi mumkin
Axborot tizimi tomonidan sertifikat faqat bitta – asosiy respondent nomi bilan shakllantiriladi. Shu sababli oila a’zolari uchun alohida sertifikat avtomatik tarzda berilmaydi.
Agar onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida oila a’zolari kiritilgan bo‘lsa, ularning barchasi aholini ro‘yxatga olish jarayonida to‘liq ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot kotibi Usmon Abdurasulov tushuntirish berdi.
«Axborot tizimi tomonidan sertifikat faqat bitta – asosiy respondent nomi bilan shakllantiriladi. Shu sababli oila a’zolari uchun alohida sertifikat avtomatik tarzda berilmaydi. Shu bilan birga, ayrim holatlarda ish joylari yoki tashkilotlar tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zolari tarkibi haqida qo‘shimcha ma’lumot so‘ralishi mumkinligi inobatga olingan. Mazkur ehtiyojdan kelib chiqib, census.stat.uz portali orqali shakllantiriladigan sertifikatning quyi qismida ro‘yxatdan o‘tgan barcha oila a’zolarining ro‘yxati aks ettirilgan. Ushbu sertifikat orqali fuqarolar ish joyi yoki boshqa tashkilotlar talabiga ko‘ra, xonadon a’zolarining onlayn ro‘yxatdan to‘liq o‘tganini oson va ishonchli tarzda tasdiqlashlari mumkin», dedi u.
Qayd qilinishicha, onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ma’lumotlarni diqqat bilan, to‘g‘ri va to‘liq kiritish lozim. Xususan, xonadonda amalda yashab turgan barcha oila a’zolari, tomorqa (hovli) yer maydoni va undan foydalanish holati, shuningdek, mavjud chorva va parrandalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq va ishonchli tarzda kiritilishi lozim.
Ta’kidlanishicha, ro‘yxatga olish axborot tizimi kiritilgan ma’lumotlarni avtomatik ravishda mantiqiy tekshiruvdan o‘tkazadi. Agar ma’lumotlarda xato yoki noaniqliklar aniqlansa, jumladan, xonadon a’zolaridan biri haqidagi ma’lumot qolib ketgan taqdirda, 4–28 fevral kunlari mahalla yettiligi vakillari tomonidan xonadonga borib, qayta ro‘yxatga olish amalga oshirilishi mumkin.
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatga olish savolnomasini to‘ldirib berish sababi bilan fuqarolarning shaxsiy identifikatsiya ma’lumotlari, ya’ni OneID tizimiga kirish login va paroli talab etilayotganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Ta’kidlanishicha, ro‘yxatga olish savolnomasini har bir shaxs o‘zi to‘ldirishi, o‘zi va oilasiga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga taqdim etmasligi zarur. Aks holda shaxsga doir ma’lumotlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanish kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
16:35
Top-10 yo‘nalish: 2025 yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga bordi?
14:20
2025 yil statistikasi: inflatsiya 7,3 foiz, real daromadlar 9,2 foizga o‘sdi
11:19
Hududlar kesimida ijara xizmatlari hajmi e’lon qilindi
14:41 / 21.01.2026