Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi
Unda test sinovi o‘tkaziladigan joylarning Google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi) ham bor.
Bilimni baholash agentligi 2023-2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unda quyidagilar aks etgan:
- Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
- Hududga kirish joylari;
- Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
- Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
- Bino raqami;
- Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
- Joylarning Google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).
Test sinovlari 1 avgustdan 13 avgustga qadar ikki smenada:
- 1-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
- 2-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.
Test sinovi to‘liq videokuzatuv ostida translatsiya qilinadi va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:16 / 11.07.2025
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi
16:16 / 13.03.2025
Bakalavriatga qabul uchun test topshiriqlari soni va baholash tartibi tasdiqlandi
20:42 / 30.01.2024
Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezonlari o‘zgarmadi
15:10 / 07.12.2023