Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kalyari» Shomurodovning debyutida 90+1-daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi
Italiya A Seriyasi yangi mavsumiga tayyorgarlik doirasida «Kalyari» B Seriya ishtirokchisi «Komo»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Klaudio Raneri ushbu bahsda Eldor Shomurodovni hisob 1:0 bo‘lib turgan paytda, o‘yinning 62-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirdi. O‘zbekistonlik hujumchi norasmiy debyutida maydonda 30 daqiqa harakat qilib, hujumkorlikni oshirishga intildi. Sardiniyaliklar o‘yinning 90+1-daqiqasida penaltidan gol kiritib, uchrashuvni o‘z foydalariga hal etishdi – 2:1.
Shu kuni Shomurodov yangi klubi safida 34-raqam ostida harakat qildi.
O‘rtoqlik o‘yini. 2 avgust
Kalyari – Komo – 2:1
Gollar: Lella 32, Nikolas Viola 90+1 – Di Blanko 60.
Mavzuga oid
01:18 / 18.05.2026
Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi
00:56 / 25.04.2026
Shomurodov dubl qayd etgan o‘yinda “Boshoqshehir” yirik hisobda g‘alaba qozondi
18:27 / 22.04.2026
«Istanbul Boshoqshehir» Eldor Shomurodovni to‘liq sotib oladi
19:16 / 11.04.2026