O‘zbekiston va Germaniya vaqtinchalik mehnat migratsiyasi masalasida muzokara o‘tkazmoqda
Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston - Germaniya munosabatlari muhokama etildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniyaning migratsiya bo‘yicha komissari Yoahim Shtamp bilan uchrashdi.
Vazir xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Germaniya vaqtinchalik mehnat migratsiyasi masalasida muzokara o‘tkazmoqda.
«Yoahim Shtamp bilan bu safar Toshkentda ko‘rishishdan mamnunmiz. O‘zbekiston-Germaniya hamkorligi yuqori sur’atda kengayib borayotganini ta’kidladik. Germaniya O‘zbekistonning yetakchi o‘nta savdo hamkori qatoriga kiradi. Biz ko‘plab istiqbolli loyihalar, jumladan, vaqtinchalik mehnat migratsiyasi ustida ishlamoqdamiz», deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligida Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinner bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.
Unda ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirish, O‘zbekiston – Germaniya ishbilarmonlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama etilgan.
Mavzuga oid
11:40 / 19.09.2024
Germaniya Ukraina harbiylarining davolanishi uchun yana 50 mln yevro ajratadi
12:40 / 18.09.2024
Germaniya Ukrainaga qishki yordam uchun 100 mln yevro ajratadi
12:00 / 18.09.2024
Fridrix Mers Germaniya muxolifatidan kansler lavozimiga nomzod bo‘ladi
19:34 / 17.09.2024