O‘zbekiston | 13:51 / 10.08.2023
6277
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

My Uzcard ilovasi reneyming va rebrending o‘tkazdi

Foto: Plum

Fintech sohasi bir joyda turmay, jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. My Uzcard ilovasi ham rivojlanishdan chetda qolmay, rebrending o‘tkazdi. 

Endilikda u yangi nomga ega — Plum. Asosida tasma tasviri bo‘lgan logotip esa yaqin insonlar, oila, do‘stlar va hamkasblar o‘rtasidagi rishtalarga urg‘u beradi. Bu kompaniyaning ilovani yengil va moslashuvchan, shu bilan birga — mustahkam va ishonchli qilishdek maqsadini o‘zida aks ettiradi.

Plum o‘ziga xos xizmat — Uzcard virtual kartalari bilan ish boshlaydi. Mahsulot bozor uchun uzoq kutilgan yangilik bo‘lib, Universal bank bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Virtual Uzcard kartasini bevosita ilovada mutlaqo bepul ochish mumkin. Bu foydalanuvchilarga yangi imkoniyat va qulayliklarni beradi.

Plum ilovasida qator qulay xizmatlar mavjud bo‘lib, ular hayotingizni chindan ham osonlashtiradi.

1. Rossiya kartalaridan o‘tkazmalar.

Agar sizda Rossiya banklarining kartalari bo‘lsa, siz Plum ilovasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Humo yoki Uzcard kartasiga pul o‘tkazishingiz mumkin.

Konvertatsiya kursi shaffof bo‘lib, o‘z ichiga qo‘shimcha komissiyalarni olmaydi. O‘tkazma uchun komissiya ham foydalanuvchiga pul o‘tkazish vaqtida ko‘rinadi. Pul mablag‘lari bir zumda o‘zbek kartangizga so‘mda tushadi.

2. Ilovada naqd pul yechib olish imkoniyati.

Kartangiz uyda qolib ketgan bo‘lsa-yu, sizga naqd pul zarur bo‘lsa — endi bu muammo emas. Plum ilovasi yordamida siz pullarni oson yechib olasiz, jismoniy karta esa sizga kerak bo‘lmaydi. Hozirda ushbu naqd pul berish tizimiga QQB bankomatlari ulangan. Keyingi bosqichlarda ushbu xizmatlar mavjud bo‘lgan bankomatlar soni faqat o‘sib boradi.

3. O‘tkazmalar yanada foydali bo‘ldi!

Humo kartalari o‘rtasida o‘tkazmalar uchun komissiya — 0%, Uzcard kartalari o‘rtasida — 0%, Uzcard bilan Humo o‘rtasida — 0.5%!

4. Karta raqami, nikneym va telefon raqami orqali o‘tkazmalar. Endilikda siz pullarni o‘z yaqinlaringiz va do‘stlaringizga oson va tez yuborishingiz mumkin.

5. Aqlli uy

O‘z ma’lumotlaringizni kiriting va ular birinchi to‘lovdan keyinoq saqlanib qoladi. 

To‘lovlarni bir-necha harakatda amalga oshiring.

6. YHXBB jarimalari haqida xabarnomalar.

O‘z transport vositangizni bir marta ro‘yxatga kiritib qo‘ying va xabarnomalar avtomatik ravishda keladi. Bu kelgan jarimalar uchun bir zumda to‘lov qilib, mablag‘ingizni tejashga yordam beradi.

7. Vidjyetlar

Intuitiv tushunarli vidjyetlar bevosita telefoningizning bosh ekranida mablag‘lar qoldig‘ini va boshqa muhim ma’lumotlarni nazorat qilish imkonini beradi.

Bu Plum’ning bir nechta imkoniyati xolos. Ilovaning yaratuvchilari foydalanuvchilar hayotini yanada osonlashtirish uchun servislarni yaxshilash va yangilarini joriy qilish ustida tinimsiz ish olib bormoqda.

Plum — kompaniya uchun yangi nom emas. 2017 yildan buyon Plum Technologies MChJ jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘plab jarayonlarni yengillashtirish va hayotni osonlashtirishda yordam beradigan qulay va xavfsiz moliyaviy mahsulotlarni yaratib kelmoqda.

Plum — g‘amxo‘rlikning ismi.

Kartani bugunning o‘zida oching.

App Store | Play Market | Website

Reklama