O‘qituvchi-stajyorlarni ishga qabul qilish tartibi ishlab chiqildi
Ilk bor ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilardan bir yil muddat davomida kasbiy sertifikat olish talab etiladi.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.
Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan stajyor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatma ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, ilk bor ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilardan bir yil muddat davomida kasbiy sertifikat olish talab etiladi. Sertifikat olguniga qadar ularga oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llaniladi.
Stajyor-o‘qituvchi bilan Mehnat kodeksining 104-moddasida muvofiq, mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan holatlar, jumladan bir yil davomida kasbiy sertifikat olishi majburiyati ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasi tuziladi.
Farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 2023 yil 1 noyabrga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash sinovidan o‘tkazish tartibini belgilovchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda 2024 yil 1 yanvardan boshlab tizimni amaliyotga joriy etish topshirilgan.
Mavzuga oid
19:44 / 18.11.2024
Xorazmda o‘quvchining onasi maktabga borib, o‘qituvchi ayolga tashlandi
12:41 / 10.11.2024
Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposladi
20:43 / 09.11.2024
Informatika fani o‘qituvchilari ham attestatsiya imtihonidan norozi
16:01 / 28.10.2024