Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 42-maktab öqituvçilari ta’mirlaş işlariga majburiy jalb qilinganini Bandlik vazirligining mehnat inspeksiyasi tasdiqladi.
Vazirlik matbuot kotibi Gulnoza Alimovaning ma’lum qilişiça, maktab direktori Z.Mamajonova maktab binosini ta’mirlaş işlariga öqituvçilarni majburan çaqirib, aks holda pedagoglarga dars soatlari kam taqsimlanişini aytgan.
Inspeksiya 4 avgust kungi örganişi xulosasiga asosan, maktab direktori Z.Mamajonovaga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravari (41 mln 200 ming söm) miqdorida jarima qöllandi.
Uşbu moddaga köra, ta’lim taşkilotining pedagog xodimini majburiy mehnatga jalb qiliş – BHMning 100 baravaridan 150 baravarigaça jarimaga sabab böladi.
Avvalroq Andijon viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi direktorning familiyasini oçiqlamasdan, u işdan olinganini ma’lum qilgandi.
“Maktab jamoasi bilan suhbatda ular tomonidan uşbu haşar ixtiyoriy ravişda amalga oşirilgani ta’kidlansa-da, ustozlarni öz lavozim majburiyatidan taşqari işlarni bajariş holatini nazoratga olmagani sababli maktab direktori Z.M. egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, deyiladi MMTB axborotida.
2 avgust kungi voqea videolari ijtimoiy tarmoqlarda 3 avgust kuni tarqalgan va köplab muhokamalarga sabab bölgandi.













