Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ayollar maktabda ta’mirlaş işlari bilan band ekani aks etgan videolar tarqaldi. Ular maktab xonalari va zallaridagi devor hamda şiftlarni tozalaş va oqlaş bilan şuğullanişgan.
Videolardan birining muallifi ular matematika, ingliz tili, rus tili, mehnat va boşqa fanlardan dars beruvçi öqituvçilar ekanini aytadi. Ular mehnat ta’tilida bölganiga qaramay, maktabda «haşar»ga çaqirilgan.
Bu ayollar Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 42-umumta’lim maktabi öqituvçilari ekani ma’lum böldi.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi mazkur video yuzasidan munosabat bildirib, holat qat’iy nazoratga olingani hamda atrofliça örganib çiqilayotganini ma’lum qildi.
«Aytiş lozimki, Özbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonunida pedagogni kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga jalb qiliş taqiqlanişi aniq körsatib ötilgan. Şuningdek, ularni biron-bir şaklda mehnatga ma’muriy tarzda majburlaş qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab böladi. Şu nuqtayi nazardan yuqoridagi holatga sababçi bölgan mas’ul xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir çoralari körilişi ta’minlanadi», – deyiladi bayonotda.
Şuningdek, bitta maktabdagi holatni umumiy vaziyat sifatida baholamaslik söralgan.
Holatga Andijon viloyati hokimligi ham munosabat bildirib, masala öqituvçilarning qadr-qimmati bilan boğliqligi sababli, mazkur holat viloyat hokimi tomonidan alohida nazoratga olinganini ma’lum qildi.
«Viloyat hokimligi tomonidan mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikda zudlik bilan işçi guruh tuzilib, xolis va atrofliça örganiş işlari boşlangan. Uşbu holat hozirda örganişda bölgani sabab, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari, bloger hamda OAV vakillaridan tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini sörab qolamiz», – deyiladi hokimlik xabarida.
Örganiş yakunlari böyiça batafsil ma’lumot taqdim etilişi va holatga yöl qöygan mas’ullarga qat’iy çoralar körilişi qayd etilgan.













