Jamiyat | 17:23 / 13.08.2023
26873
2 daqiqa o‘qiladi

«Zakovat» o‘yini bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati birinchi kun natijalari 

«Zakovat» bo‘yicha O‘zbekiston chempioni «Misteriya» va «Basenji» (Rossiya-Qozog‘iston) jamoalari «Breyn-ring» o‘yini finaliga chiqdi. 

Foto: Zakovat

12 avgust kuni Toshkentda «Zakovat» intellektual o‘yinining birinchi Osiyo ochiq chempionati start oldi. 

Ikki kun davom etadigan yirik turnirda O‘zbekiston, Isroil, Kipr, Germaniya, Armaniston, Qozog‘iston, Belarus, BAA, Latviya, Daniya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya kabi 14 mamlakatdan 55 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi. 

«Zakovat» o‘yinining sport versiyasi umumiy sovrin jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil qiladi. G‘olib jamoalar quyidagi miqdorda taqdirlanadi: 1-o‘rin - 100 million so‘m, 2-o‘rin 60 million so‘m, 3-o‘rin - 40 million so‘m. 

Ochiq chempionat doirasida breyn-ring turniri ham o‘tkazilib, uning g‘oliblariga Chempionat kubogi topshiriladi. 

Musobaqaning barcha asosiy o‘yinlari intellektual o‘yinlar uchun maxsus mo‘ljallangan noyob inshoot – «Zakovat Arena»da o‘tkaziladi. 

«Zakovat» o‘yini sport versiyasi bo‘yicha Osiyo chempionatining birinchi kungi bahslari yakunlariga ko‘ra, Rossiyaning Eclipse jamoasi birinchi, Rossiya va Qozog‘istonning «Basenji» jamoasi ikkinchi, Rossiyaning «Borskiy korabl» jamoasi uchinchi o‘rinni egallab turibdi. 

«Zakovat» bo‘yicha O‘zbekiston chempioni «Misteriya» va «Basenji» (Rossiya-Qozog‘iston) jamoalari «Breyn-ring» o‘yini finaliga chiqdi. 

Mavzuga oid