Sport | 07:50 / 21.08.2023
15654
3 daqiqa o‘qiladi

DXX kubogi – 2023. Final bosqichiga qur’a tashlandi

20 avgust kuni soat 18:30 da «Bunyodkor» stadionida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalarining Respublika bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash lozimki, bu yilgi DXX kubogi musobaqalari respublika bo‘yicha 250 ming nafardan ortiq yoshlarni qamrab olgan.

Ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha 365 nafar iqtidorli yoshlar aniqlanib, hozirda ularni mahalliy futbol klublarga jalb qilish choralari ko‘rilmoqda.

Respublika bosqichida – o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3-o‘rinni egallagan jamoalar mahallasiga «Stritbol» (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi. Qizlar musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 

Mini-futbol bo‘yicha final bosqichi qur’asi (ayollar) 

A guruhi

1. O‘zbegim (Buxoro)

2. Balandariq (Namangan

3. Arnasoy – W (Jizzah)

4. Sohil (Sirdaryo) 

B guruhi

1. Jaloyir (Navoiy)

2. Gurkirov lochinlari (Andijon)

3. Xolimbeg (Qoraqalpog‘iston

C guruhi

1. To‘maris ( Xorazm)

2. Nafis (Samarqand)

3. Sharq malikalari (Toshkent shahri)

D guruhi

1. Yangiyo‘l tumani (Toshkent viloyati)

2. Namaton (Qashqadaryo)

3.Qirguli (Farg‘ona)

4. Janub qizlari (Surxondaryo)

Mini-futbol bo‘yicha final bosqichi qur’asi (erkaklar)

A guruhi

1. Qoraqalpoq (Andijon)

2. Yangihayot (Toshkent viloyati)

3. Tepaqishloq (Samarqand)

4. Jo‘yrabot (Buxoro)

V guruhi

1. Tumor (Navoiy)

2. Xayrobod (Jizzah)

3. Yangiobod (Sirdaryo)

C guruhi

1. Dambog‘ (Namangan)

2. Qamashi (Qashqadaryo)

3. Yangi Beltepa (Toshkent shahri)

D guruhi

1. Samoviy Nur (Surxondaryo)

2. Uzunko‘l (Xorazm )

3. Mustaqillik (Qoraqalpog‘iston)

4. Bahrin (Farg‘ona)

Futbol bo‘yicha final bosqichi qur’asi (erkaklar)

A guruhi

1. Shavona (Samarqand)

2. Navbahor (Toshkent viloyati)

3. Sharq Yulduzi (Surxondaryo)

4. Yuqori Navkent (Namangan)

B guruhi

1. Shodxurram (Xorazm)

2. Mirobod (Andijon)

3. Do‘stlik (Toshkent shahri)

C guruhi

1. Turon (Jizzax)

2. Nauriz (Qoraqalpog‘iston)

3. Yangihayot (Qashqadaryo)

D guruhi

1. Kaftarxona (Farg‘ona)

2. Tasmachi (Navoiy)

3. Qoraqalpoq (Buxoro)

4. Bog‘iston (Sirdaryo)

Ma’lumot uchun, turnirning Respublika bosqichi 21-25 avgust kunlari «Bunyodkor» futbol akademiyasi maydonlarida, final o‘yini esa 26 avgust kuni «Jar» stadionida o‘tkaziladi. Unda 42ta jamoa g‘oliblik uchun kurashadi. 

Mavzuga oid