Futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berildi
DXX kubogining Toshkent shahar bosqichi ochiq deb e’lon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar “5 tashabbus.uz” platformasida poytaxt bo‘yicha 460 mingdan ortiq yoshlar bo‘lib, ularning 50 ming nafarga yaqini musobaqalarda qatnashish istagini bildirgan.

12 aprel kuni “Hilton” mehmonxonasida DXX kubogining Toshkent shahar bosqichini o‘tkazish oldidan brifing tashkil etildi. Unda Sport vazirligi, Futbol akademiyasi murabbiylari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
Dastlab, musobaqa shartlari tushuntirilib, intizomga qat’iy rioya etish kerakligi ta’kidlandi. Shuningdek, tadbir davomida eng ko‘p so‘ralayotgan hakamlar haqidagi savollarga ham javob berildi. Qayd etilishicha, ushbu musobaqalarni O‘FA qoshidagi hakamlar qo‘mitasi vakillari boshqarib boradi. Asosiy o‘yinlarga FIFA hakamlari ham jalb etilishi mumkin.
O‘zbekiston professional futbol ligasi mutaxasissi Sherzod Rajabovning aytishicha, bu musobaqa havaskorlar uchun bo‘lsa-da, musobaqa yakunida ayrim futbolchilar professional futbol klublari bilan shartnoma imzolagan. Shu sababmi “5 tashabbus.uz” platformasiga kelib tushayotgan arizalar soni ortmoqda. Toshkent shahar sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Abduraimovning aytishicha, platformada poytaxt bo‘yicha 460 mingdan ortiq yoshlar bo‘lib, shundan 50 ming nafari musobaqalarda qatnashish istagini bildirgan.
Shunday qilib, DXX kubogining tuman, shahar bosqichi uchun saralash o‘yinlari aprel-may oylarida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, bellashuvning o‘tgan mavsumida Toshkent shahri bo‘yicha 110 mingdan ortiq aholi qamrab olingan, shundan 15 ming nafari ishtirokchilar bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

10:05 / 25.08.2024
DXX kubogi yakunlandi. G‘olib va sovrindorlar taqdirlandi - fotojamlanma

13:42 / 19.08.2024
DXX kubogi Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

12:14 / 27.08.2023
DXX kubogi-2023. G‘oliblar aniqlandi va taqdirlandi

07:50 / 21.08.2023