Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonliklarni qul qilib ishlatganlar ushlandi
31 yoshli erkak va 27 yoshli ayol 20 ming rublga qullikka sotilgan.
Rossiyaning Stavropol o‘lkasida politsiya o‘zbekistonliklarni dehqonchilik qilishga majburlagan ikki kishini qo‘lga oldi.
Qayd qilinishicha, Shpakovskiy tumanidagi «Aviator» qishlog‘ida yashovchi pensioner ikki tanishi bilan birga Rossiyada noqonuniy yashab kelgan o‘zbekistonlik 31 yoshli erkak va 27 yoshli ayolni noma’lum shaxslardan 20 ming rublga sotib olgan.
Nafaqadagi erkak va uning sheriklari o‘zbekistonliklarni 6 oy davomida dehqonchilik qilishga majburlagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish faktini aniqlab, ikki kishini hibsga olgan. Uchinchi sherik iyul oyi oxirida vafot etgani ma’lum bo‘lgan.
Pensionerga nisbatan «Odamni o‘g‘irlash bilan bog‘liq bo‘lmagan qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish» va «Noqonuniy migratsiyani tashkil etish» moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan – hozir u tergov izolyatorida. Ish bo‘yicha ikkinchi gumonlanuvchi uy qamog‘ida. Politsiya odam savdogarlarini qidirmoqda.
Mavzuga oid
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
09:01 / 13.05.2026
AQSh bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi
18:17 / 20.04.2026
Germaniyaga 40 ming hamshira: O‘zbekiston yangi mehnat bozorlarini ochadi
09:34 / 18.04.2026