Shaxmat. Magnus Karlsen ilk marta jahon kubogi sohibiga aylandi
Magnus Karlsen faoliyatida ilk marta shaxmat bo‘yicha jahon kubogini qo‘lga kiritdi.
Norvegiyalik grossmeyster finalda hindistonlik Pragnanandha bilan dastlab 2ta klassik partiyada durang o‘ynadi, bugun esa tay-brekda tezkor shaxmatda g‘alaba qozondi. 3-o‘rinni esa Fabiano Karuana egalladi. U Nijat Abbasovni tay-brekda mag‘lub etgan.
Magnus Karlsen shaxmat toji uchun nomzodlar turnirida qatnashishdan voz kechgani sababli uning o‘rniga 4-o‘rinni olgan Nijat Abbosov boradigan bo‘ldi.
G‘oliblar quyidagicha pul mukofotini qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin: 110 ming AQSh dollari;
2-o‘rin: 80 ming AQSh dollari;
3-o‘rin: 60 ming AQSh dollari;
4-o‘rin: 50 ming AQSh dollari.
Qayd etish joiz, Karlsenning ushbu turnirdagi eng yaxshi natijasi 3-o‘rin edi.
Ma’lumot uchun, Magnus 2013-2023 yilgacha – klassik shaxmat yo‘nalishida, 2014-2016, 2019, 2022 yil – rapid bo‘yicha, 2014-2015, 2017-2019 va 2022 yil blits yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Jahon kubogining amaldagi sohibi xitoylik Din Lijen sanalardi.
Mavzuga oid
14:16 / 01.01.2025
Nepomnyashchiy va Karlsen blits bo‘yicha JChda g‘alabani bo‘lishib oldi
20:58 / 28.12.2024
Magnus Karlsen jinsi kiygani sabab rapid bo‘yicha jahon chempionatidan chetlatildi
09:30 / 12.05.2024
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni yana mag‘lub etdi
22:13 / 24.04.2024