Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Javohir Sindarov xalqaro turnir saralash bosqichini birinchi o‘rinda yakunladi
Keyptaunda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli turnirning saralash bosqichida o‘zbekistonlik 20 yoshli grossmeyster Magnus Karlsen va Fabiano Karuana kabi nomdor raqiblarni mag‘lub etib, 7 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘ardi va birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqdi. Bugun chorakfinal bahslari boshlanadi.
Foto: Freestyle Chess / X
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov (2726) Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida bo‘lib o‘tayotgan Freestyle Chess Grand Slam turnirini muvaffaqiyatli boshladi.
U saralash bosqichining 1-turida jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenni (2840) mag‘lub etdi. Bu o‘zbekistonlik 20 yoshli shaxmatchining faoliyatida Magnus Karlsen ustidan ikkinchi g‘alabaga aylandi.
Keyingi turlarda u eronlik Parham Maksudlu (2708), amerikalik Fabiano Karuana (2795) va Hans Moke Nimanni (2725) ham mag‘lub etdi, hindistonlik Arjun Erigaisi (2775), germaniyalik Vinsent Kaymer (2776) hamda amerikalik Levon Aronyan (2729) bilan durang qayd etildi.
Natijada o‘zbekistonlik shaxmatchi 5,5 ochko bilan saralash turnirida birinchi o‘rinni egalladi va pley-off bosqichida (chorakfinalda) o‘z raqibini birinchi bo‘lib tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. U turnir autsayderi Parham Maksudluni tanladi (ushbu shaxmatchi saralash bosqichida barcha bahslarda yutqazgan).

Chorakfinal bahslari bugun start oladi. Unda quyidagi juftliklar hosil bo‘lgan:
• Javohir Sindarov vs. Parham Maksudlu
• Levon Aronyan vs. Hans Moke Niman
• Arjun Erigaisi vs. Vinsent Kaymer
• Magnus Karlsen vs. Fabiano Karuana
Turnir 11 dekabrgacha davom etadi. Turnir sovrin jamg‘armasi 660 ming dollarni tashkil etib, g‘olib shaxmatchi 200 ming dollar bilan mukofotlanadi.
Mavzuga oid
17:08 / 23.11.2025
Shaxmatchi Javohir Sindarov Jahon kubogi finaliga chiqdi
19:12 / 19.11.2025
O‘zbek shaxmatchisi ilk bor FIDE Jahon kubogi finalida o‘ynaydi
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
14:16 / 01.01.2025