Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
Tarixdagi eng yirik qarama-qarshilik durang natija bilan tugadi.

Foto: Getty images
Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen va butun dunyodan Chess.com foydalanuvchilari o‘rtasidagi onlayn o‘yin 46 kun davom etdi va durang natija bilan yakunlandi. Sobiq jahon chempionining raqiblari 143 ming kishidan iborat bo‘lib, bu «grossmeyster dunyoga qarshi» shaxmat o‘yinlari bo‘yicha yangi rekordga aylandi.
O‘yin Fisher formatida, ya’ni donalarning tasodifiy boshlang‘ich joylashuvi tartibida o‘tkazildi (piyodalardan tashqari). Karlsen birinchi yurishni amalga oshirdi, keyin esa foydalanuvchilar «Team World» jamoasi tomonidan qilingan har bir yurish uchun ovoz berdi. Har bir tomon har bir yurishni amalga oshirish uchun 24 soat vaqtga ega bo‘ldi.
Karlsen debyutni ustunlik bilan boshladi va vaziyatni nazorat qildi, biroq raqib jamoa yakunda durangga erishdi. Bahs 32-yurishda uch marta takrorlangan pozitsiya bilan tugadi. Karlsen «Team World» himoyasini yengish yo‘lini topa olmaganini tan oldi.
«Debyutda biroz ustunlikni his qildim, ammo keyin ehtimol xato qildim. Shundan so‘ng raqiblarim menga birorta ham imkoniyat bermadi», dedi Karlsen. Uning qo‘shimcha qilishicha, jahon terma jamoasi «tavakkalsiz bo‘lsa-da, juda malakali, ammo samarali o‘ynadi».
Ushbu o‘yin grossmeyster va minglab o‘yinchilar o‘rtasidagi tarixdagi uchinchi yirik onlayn qarama-qarshilik bo‘ldi. Avvalroq, 1999 yilda rossiyalik Garri Kasparov 50 mingdan ortiq, 2023 yilda esa hindistonlik Vishvanatan Anand 70 mingga yaqin raqibdan iborat jamoani mag‘lub etgandi. Karlsen durang o‘ynadi, biroq «Team World» jamoasidagi raqiblar soni bo‘yicha o‘zidan oldingi ikkala rekordni ham yangiladi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 19:53
-
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 19:49
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 19:43
-
Norvegiya ilk bor yadro xavfsizligi bo‘yicha strategiyasini taqdim etdi
Jahon | 19:41
Mavzuga oid

20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi

00:38 / 11.02.2025
Shaxmatchi Javohir Sindorov Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozondi

11:59 / 11.01.2025