O‘zbekiston | 08:30 / 24.08.2023
5815
1 daqiqa o‘qiladi

Vatan uchun halok bo‘lganlarning farzandlari bog‘cha pulidan ozod qilindi

Shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari ham shunday imtiyozga ega bo‘ldi.

Foto: Kun.uz

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari, shuningdek vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari kvotadan qat’i nazar ota-onalar to‘lovidan ozod qilinadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023 yil 22 avgustdan kuchga kirdi.