Sport | 12:14 / 27.08.2023
34725
4 daqiqa o‘qiladi

DXX kubogi-2023. G‘oliblar aniqlandi va taqdirlandi

Butun respublika bo‘ylab 250 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlarni birlashtirgan, «Sog‘lom yoshlar – Yangi O‘zbekiston kelajagi» shiori ostida o‘tkazilgan futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari yakunlandi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
1-o‘rin. «Qamashi» (Qashqadaryo viloyati) 
2-o‘rin. «Yangi hayot» (Toshkent viloyati) 
3-o‘rin. «Baxrin» (Farg‘ona viloyati) 

 

Qiz bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
1-o‘rin. «Nafis» (Samarqand viloyati) 
2-o‘rin. «To‘maris» (Xorazm viloyati) 
3-o‘rin. «Gurkirov lochinlari» (Andijon viloyati) 

 

O‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha:
1-o‘rin. «Turon» (Jizzax viloyati) 
2-o‘rin. «Navbahor» (Toshkent viloyati) 
3-o‘rin. «Yangi hayot» (Qashqadaryo viloyati) 

 

Musobaqalar yakuniga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:

  • «Eng yaxshi o‘yinchi» – Turniyozov Ma’ruf (Qashqadaryo viloyati) 
  • «Eng yaxshi to‘purar» – Alisherov Akbar (Toshkent viloyati) 
  • «Eng yaxshi darvozabon» – Ishonqulov Shuhrat (Farg‘ona viloyati) 

Qiz bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:

  • «Eng yaxshi o‘yinchi» – Nishonova Nafisa (Samarqand viloyati) 
  • «Eng yaxshi to‘purar» – Ma’murjonova Zuhraxon (Andijon viloyati) 
  • «Eng yaxshi darvozabon» – O‘ktamova Ruxshona (Buxoro viloyati) 

O‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha:

  • «Eng yaxshi o‘yinchi» – Fayzullayev Saidazim (Jizzax viloyati) 
  • «Eng yaxshi to‘purar» – Yakubov Shuhrat (Xorazm viloyati) 
  • «Eng yaxshi darvozabon» – Xo‘jamov Shaxboz (Qashqadaryo viloyati) 

Respublika bosqichida o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3-o‘rinni egallagan jamoalar mahallasiga «Stritbol» (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.

Qizlar musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari barcha g‘olib va sovrindor ishtirokchilarga diplom, medal, velosiped va televizor topshirildi.

Quyida final bahsi va taqdirlash marosimidan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. 

 

Hasan Yusupov olgan suratlar

Mavzuga oid