Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MBning yangi oltin va kumush esdalik tangalari sotuvi yo‘lga qo‘yilmoqda
“Jaloliddin Manguberdi tavalludining 825 yilligi” mavzusiga bag‘ishlangan Markaziy bankning oltin va kumush esdalik tangalari sotuvi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Markaziy bank tomonidan joriy yilning 29 avgustidan boshlab “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 825 yilligi” mavzusiga bag‘ishlangan oltindan tayyorlangan 15 va 20 gramm og‘irlikdagi hamda kumushdan tayyorlangan 31,1 gramm og‘irlikdagi esdalik tangalari sotuvga chiqarilmoqda.
Mazkur esdalik tangalari ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvi yo‘lga qo‘yilgan.
Oltin va kumush esdalik tangalarini tijorat banklarining filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin, deyiladi Markaziy bank xabarida.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
18:43 / 26.05.2026
Yarim yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston oltin eksportini qayta tikladi
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
23:50 / 19.05.2026