Yarim yillik tanaffusdan söng Özbekiston oltin eksportini qayta tikladi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lumotlaridan oydinlaşmoqda.
Ma’lum bölişiça, yilning dastlabki tört oyida Özbekiston 1,5 milliard dollarlik nomonetar oltin eksport qilgan. Asosiy qismi aprel oyida sotilgan.
Yiliga 130 tonnaga yaqin oltin qazib oladigan Özbekiston 2025 yil sentabr oyidan keyin eksportni amalda töxtatgan, Markaziy Bank esa qimmatbaho metallning dunyodagi eng yirik xaridorlaridan biriga aylangan edi.
Oltin Özbekiston iqtisodiyoti uçun asosiy bufer hamda eksport va budjet tuşumlarining muhim manbai bölib qolmoqda.
Özbekistondan oltin eksportini töxtatişning asosiy sabablari sifatida oltinning rekord darajadagi yuqori narxi, oltin-valuta zaxiralarini töplaş va zaxiralarni strategik boşqariş körsatilgan.
Töxtatib turiş foydali strategiya edi - Özbekiston undan zarar körmadi. Eksport qayta tiklanganidan söng, 1,5 milliard dollar daromad oldi.












