Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kadastr muhandisi instituti joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti joriy etildi.
Tajriba-sinov doirasida malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga ko‘chmas mulk obektlariga birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi. Bunda uni tayyorlash jarayoni maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda Kadastr agentligi tomonidan monitoringi olib boriladi.
Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi o‘z faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi.
Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti uy-joy fondiga oid ko‘chmas mulk obektlariga nisbatan 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joriy etiladi. 2024 yil 1 iyuldan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi.
Ayrim NHHlarga quyidagilarga taalluqli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
kadastr muhandisi faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan mutaxassislik yo‘nalishlarini kengaytirish;
kadastr muhandislari tomonidan shahodatnoma olish uchun ariza topshirishdan malaka imtihonigacha bo‘lgan vaqtni qisqartirish;
malaka imtihonini topshirish vaqtini uzaytirish;
ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr yig‘majildini tayyorlash muddatini belgilash.
Mavzuga oid
08:33 / 25.06.2026
Elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora olayotganda ushlandi
09:13 / 25.04.2026
Toshkentda elektr korxonasi muhandislari 8 ming dollar bilan ushlandi
15:15 / 19.04.2025
“Birgina videosi YouTube’da 35 mln marta tomosha qilingan” - qo‘shtepalik yosh muhandis bunga qanday erishmoqda?
14:51 / 11.12.2024