Jahongirmirzo Ibrohimov Inha unversitetini tamomlagan. YouTube’dagi kanalida 3D printerda yasagan muhandislik işlarini ingliz tilida joylab boradi. Uning videolari platformaning Şors (qisqa videolar) bölimida millionlab köriladi. Avvaliga bu işlarni bir özi boşlagan bölsa, hozirda uning butun boşli bir jamoasi bor.

Jahongirmirzo Farğona viloyati Qöştepa tumanidan. Uning boşçiligidagi jamoa zamon talabiga mos bölgan buyumlar, anjomlarni 3D printerda yasab köpçilikning oğirini yengil qilyapti.

“Hozirda Marğilon şahrida muhandis sifatida öz faoliyatimni yuritib kelyapman. Sohamdan kelib çiqqan holda, muhandislikka oid bölgan videolarni YouTube’ga ingliz va özbek tilida joylab kelyapman. Ingliz tilidagi kanalimiz Engineericly deb nomlanadi.

Jahongirmirzo Ibrohimov

Videolarimizni asosan ingliz tilida sözlaşadigan davlatlardan kuzatişadi. Inglizça kanalimizda har xil eksperimentlar körişingiz mumkin. Bunga bir misol, Özbekiston şaroitiga boğliq bölgan bitta qilgan eksperimentimiz Gravity Battery deb nomlanadi. Buning asosiy konsepsiyasi şundayki, oğir bir yukni tepaga kötarib turib, uni gravitatsiya hisobiga pastga tuşiş kerak u yuk. Öşa pastga tuşayotgan paytda qandaydir generatorga boğlab qöyiladi-da, u generatorni yuk aylantiradi, şuning hisobiga energiya çiqariladi. Uyimizning tomiga quyoş panellarini joylaganmiz. U panellardan olingan energiya orqali oğir toşlarni tepaga kötarganmiz, motor orqali. Endi quyoş kirib ketgandan keyin keçqurun u oğir yuklar pastga tuşişi hisobiga generatorimiz aylanadi va işlab çiqarilgan tokdan keçqurun foydalansak böladi. Şu narsaning kiçkina bir konsepsiyasini loyihalaştirib, videoda yoritib körsatib berganmiz. Bu videomiz ingliz auditoriyasi tomonidan yaxşi qabul qilindi, 500 mingdan oşiq körilgan.

Jahongirmirzo Ibrohimov jamoasi bilan

Undan keyingi proyektimiz Sand Battery deb nomlanadi. Bu ham energiyaga oid bölgan video. Bu qumning kimyoviy xususiyatlaridan foydalangan holda qilingan tajriba. Qum issiqlikni özida juda yaxşi saqlar ekan. Şundan foydalangan holatda yozda yoki kunduzi quyoş panellaridan olingan energiya orqali qumni qizdirib olamiz. Yozda qumni qizdiramiz-da, unda saqlangan issiqlik orqali qişda öşa issiqlik orqali suvni isitib turib, uylarni öşa issiq suv orqali isitsak bölar ekan. Videoda şu narsani körsatib berganmiz.

Basketbol töpini ham 3D printerdan yasaganmiz. Avvalroq Wilson kompaniyasi ana şunday Airless basketbol deb nomlangan töp çiqarişgan, lekin narxini 2500 dollar deb qöyişgan. Basketbol töpi uçun 2500 dollar juda qimmat narx. Şuning uçun biz arzonroq versiyasini çiqaramiz deb, 3D printerdan özimizning versiyamizni çiqardik. Şu töpni video qilib yoritganmiz. YouTube Şors’da 20 millionga yaqin odam körgan. Yana bir qiziq ma’lumot, şu töpni yasaş uçun 3D printerimiz uç kunga yaqin töxtamasdan işlagan. Yaxşiyam “svet” öçib qolmagan öşanda.

Bunday eksperimentlardan taşqari, özimiz dizayn qilib, ularni ham sotişni yölga qöyganmiz. Bunga misol Gravity Hook deb nomlanadi yaqinda qilgan loyihamiz. Buni ham 20 millionga yaqin odam yoqtirib kuzatdi va özining ham haqiqiy printerdan çiqarilgan versiyasini ham sotişimizni söraşdi. Lekin biz uni sotişni hali yölga qöymadik. Xudo xohlasa, qöyiş arafasidamiz. Özbekistonda çiqarib eksport qilmoqçimiz butun dunyoga. Lekin hozirça elektron versiyasini çet elga 3D printeri bor odamlarga özimiz qilgan dizaynlarni şu paytgaça sotib kelyapmiz.

Yana bitta qiziq eksperimentlarimiz turi bor. Buni 3D Printing Versus Real deb nomlaymiz. Bu şunday narsaki, 3D printerdan çiqarilgan narsalar bilan haqiqiy bozorda sotib oladigan narsalarni 3D printerdan çiqaramiz, bozorda sotiladigan versiyasiga öxşatgan holatda. Keyin ikkalasini soliştiramiz. Şunga öxşaş seriyada 20 tadan oşiq video çiqarganmiz. Bumeranglar, tennis töplari, tennis rogatkalari, har xil narsalarni, futbol töpini ham soliştirib körganmiz 3D printerdan çiqarilgan versiyasi bilan haqiqiysini. Şu 3D Printing Versus Real deb nomlangan eksperimentlarimizni örtaça 200 milliondan oşiq odam dunyo böyiça körgan.

Özi aslida videolarimizni ingliz tilida çiqarişni boşlaganmiz. Özbekligimni bilib qolgandan keyin odamlar, özbek ekansiz-ku, nega özbekça gapirmaysiz degan izohlar köpayib ketişni boşladi. Özbekça video ham çiqaring deb. Şuning uçun özimning ismim bilan özbekça videolarni ham çiqarişni boşladim.

Bunga misol, birinçi çiqargan videolarimizdan bittasi, qölimni 3D skaynerda skaynerlab turib, xuddi şuni şunaqa holatda 3D printerdan çiqarganmiz plastmassadan. Keyin uni özimizning xonamizga dekoratsiya sifatida qöyib qöyganmiz.

Loyihalarimizdan bittasi, körib turganingiz, haqiqiy insonning miyasi. Bu videomiz şunaqa bölgan ediki, özimning miyamni 3D printerdan birga bir qilib çiqarmoqçi bölganman. Keyin MRT skaynerga borib, miyamni skaynerlatganman. Şundan keyin 3D model olmoqçi bölganmiz. Judayam qiziq eksperiment bölgan edi.

Ofisda şunçaki ötirib buyum yasab video çiqarişdan boşqa yana özimiz yasagan har xil texnikalarni taşqariga olib çiqib, odamlarning içida eksperiment ham qilib kördik. Bunga misol, mustaqillik kunida özimiz yasagan texnikalar orqali odamlarga mustaqillik şukuhini ulaşiş uçun bayroqçalar tarqatdik. Bolalar judayam qiziqib körişgan biz yasagan maşinaçani. Yana bitta misol, özimiz yasagan maşinaça orqali Ramazon oyida odamlarga iftorlikka suv va xurmo tarqatganmiz. Bu ham yoşlarimiz uçun judayam qiziq bölgan. Bunday loyihalar bolalarni muhandislikka qiziqtirişda katta ahamiyatga ega deb bilaman.

Maxsus közoynak orqali uzoq masofadan turib maşinaçalarni boşqarganmiz. Odamlar eksperiment bölgani uçun uzoqdan boşqarib turganimizni körişmagan, lekin u maşinaçamiz odamlarning reaksiyasiga hamohang ravişda reaksiya bildirgan. Juda ajoyib narsa bölgan.

Amalga oşirgan loyihalarimizdan taşqari, hali işdan töxtab qolganimiz yöq. Mana misol uçun, hozirgi qilayotgan loyihalarimizdan biri, robot manipulyator qöl. Hali bu oxiriga yetgani yöq, lekin juda oz qoldi. Bu robot qölimizni yasaşdan maqsad şuki, zavodlardagi iş samaradorligini oşiriş. Bu narsa şu paytgaça Xitoydan faqat import qilib olib kelinardi. Endi özimizda şu robot qölni noldan yasaşni yölga qöymoqçimiz. Muhandislikning yaxşi tomonidan biri şundaki, siz xohlagan narsani özingiz yasasangiz böladi.

Faoliyatim davomida şu narsaga guvoh böldimki, nogironligi bölgan odamlar protez oyoqlarni faqat çet eldan import qilib olib kelişar ekan. Çetdan olib keliş esa judayam qimmatga tuşadi. Olib kelişga ham köp vaqt sarflanadi. Yaqin kelajakda protez oyoqni Özbekistonda yasaşni yölga qöyiş arafasidamiz. Çet eldan keladigan protez oyoğidan ham arzon, ham yasaş osonroq böladi”, – deydi yoş muhandis Jahongirmirzo Ibrohimov.

Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajçi – Sardor Mamirov