Misrning eng yirik moliya-sanoat korporatsiyasi O‘zbekistonga sarmoya kiritishni rejalashtiryapti
Energetika, suv ta’minoti, metall va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sohalaridagi hamkorlik masalasi ko‘rib chiqilyapti.
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Hassan Allam Holding kompaniyasi ijrochi direktori Mahmud El-Essaviy bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Unda asosiy e’tibor kompaniya tajribasi va investitsiyalarini jalb qilish istiqbollari va mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarida loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qaratildi.
Misr tomoni O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq qilishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Xususan, energetika, suv ta’minoti, metall va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish kabi sohalardagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma «Yo‘l xaritasi»ni imzolash va erishilgan kelishuvlarni bajarishga kirishish yuzasidan kompaniya bosh direktorining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalasi kelishib olindi.
Hassan Allam Holding 1936 yilda tashkil etilgan. Kompaniya Misrdagi eng yirik moliyaviy va sanoat korporatsiyalaridan biri hisoblanadi. So‘nggi 5 yil ichida u Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida 70 ta loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Forbes kompaniyani 100 ta eng yaxshi arab oilaviy korxonalar reytingiga kiritgan. Aktivlari 8 milliard dollar, ishchilar soni esa 45 ming nafar xodimni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
22:19 / 28.08.2024
Berkshire Hathaway kapitallashuvi birinchi marta 1 trillion dollardan oshdi
16:00 / 22.08.2024
Way II’ning ilk investitsiya to‘plami qariyb 105 milliard so‘mga sotildi
22:26 / 06.07.2024
“O‘zbekistonga kirayotgan investitsiyalar kamligi – xavotirli” - Behzod Hoshimov
10:00 / 03.07.2024