Quvasoyda turk investori iştirokidagi loyiha töxtab qoldi. Bunga hokim sababçimi?
|15:00 / 03.07.202416 10916 min
Quvasoyda boğça bolalarini sifatli ovqatlantirişga qaratilgan investitsiya loyihasi töxtab qoldi. Loyiha taşabbuskori va turkiyalik investor şahar hokimi Zafar Töraqulovni loyihani öziniki qilib olişga uringanlikda ayblayapti. Töraqulov ayblovni rad etdi, lekin ta’sis etilgan firmadagi 40 foiz uluş uning qarindoşi nomiga rasmiylaştirilgani – fakt.
2023 yilning dekabridan boşlab Farğona viloyatining Quvasoy şahrida “Soğlom taom – soğlom millat” loyihasiga qöl uriladi. Loyihaga köra, hududdagi ayrim boğçalarga markazlaştirilgan holda umumiy ovqat tayyorlaş korxonasi tomonidan xizmat körsatilişi, bunda 5 ming nafar bola maxsus işlab çiqilgan ratsion asosida taomlanişi közda tutilgan.
Buni amalga oşiriş uçun loyiha hujjatlari işlab çiqilib, obekt qurilgan, xorijdan uskunalar va jihozlarning bir qismi import qilingan. Ammo köp ötmay, loyiha boşi berk köçaga kirib qolgan.
Kun.uz'ga murojaat qilgan loyiha mualliflaridan biri Muazzam Ibrohimova bunga Quvasoy şahar hokimi Zafarjon Töraqulov sababçi ekanini aytdi. Öz navbatida, Töraqulov bu ayblovlarni rad etmoqda.
Zafarjon Töraqulov, Quvasoy şahar hokimi
Ibrohimovaning ta’kidlaşiça, uning maqsadi – boğçalarda sifati kafolatlangan soğlom ovqatlanişni yölga qöyib, bolalar salomatligini saqlaşga hissa qöşiş edi. Şu maqsadda Quvasoy şahar hokimiyati delegatsiyasi bilan birga Anqaraga borganida, delegatsiyaga öşa yerdagi keytering loyihasini namuna qilib körsatgan.
Muazzam Ibrohimova, loyiha hammuallifi
“Şahar delegatsiyasining Anqaraga taşrifini özim rejalaştirganim uçun, ya’ni hamma korxona, taşkilotlarga borişlariga özim yordam berganim uçun, keytering loyihasiga ham olib bordim. Maqsadim hokim va delegatsiya şuni körib, özimizda ham tarğib qilsak, afzalliklari bilan tanişişlarini xohlagandim. Hokim borolmadi, lekin delegatsiya körib juda maqtadi. Quvasoyga qaytganimizdan keyin, hokim Zafarbek Töraqulov çaqirtirib, “Muazzam opa, şularni çaqirtirib, özimizda oçaylik, rosa maqtaşdi”, dedi.
Men: “Bu işni biz mutaxassislar bilan ançadan oldin gaplaşib yurgan edik, xursand böldim”, dedim. Keyin hokimning özi çipta olib berib, [turk mutaxassislarni] çaqirişdi. Ikki nafar mutaxassis sarmoyador keldi.
Mavzuga oid
Şundan söng joy körişni boşladik, bizga 500 kvadrat metrlik joy yetarli edi. Şahardagi bir qança joyni kördik, lekin qaysi joy bölmasin, [hokim] “bu zör loyiha, iloji boriça yurt rahbarlariga körsatiş kerak, lekin siz topgan joy xaroba, bu yerga viloyat hokimi, prezidentni olib kelolmayman, bölmaydi bu yerlar”, deganidan keyin, Pakana qişloğidagi sanoat zonasining içidagi yerga taqaldi. Özaro kelişdikki, hokim: “Men qurib beraman, sizlar menga oyiga 5 ming dollardan tölab, işlatib yurgazasizlar”, dedi. Şunga kelişdik”, – deydi Ibrohimova.
Loyiha realizatsiyasi uçun harakat boşlandi
Loyiha Farğona viloyati hokimiga ham taqdim etiladi va viloyat rahbari tomonidan jarayonni tezlaştiriş böyiça topşiriq beriladi. 2024 yil aprel oyida Quvasoyda “Turan Catering International” MÇJ taşkil etilib, Pakana qişloğida 2 ming kvadrat metr maydonga ega obekt qurilişi boşlanadi.
Statistika agentligi saytidan olingan “Turan Catering International” MÇJ haqidagi ma’lumotlar
Quvasoy şahrining Pakana qişloğida loyiha uçun qurilayotgan obekt
“Loyihani amalga oşiriş, bolalarni soğlomlaştirişda birinçi qadamni qöyiş uçun “mayli, hokim tijoriy tomonini öylayapti, şunday bölsa ham 40 foiz bilan kira qolsin”, deb rozi böldim. Şundan keyin iş tezlaşib ketdi.
“Bilasiz, men davlat odamiman, bu işga men kirolmayman, özimni odamimni kirgazaman”, dedi. Rozi böldim, Jörayev Elbek Vohidjon öğli ta’sisçi bölib kirdi. Özi yoş bola, bu odamni biz MÇJ röyxatdan ötayotgan vaqtda yagona darçada kördim, xolos. Undan keyin na ta’sis şartnomasini imzolaşga, na bankda hisob raqamini oçişga topolmadim”, – deydiMÇJ rahbari Muazzam Ibrohimova.
Kun.uz'ning işonçli manbalari bergan ma’lumotga köra, Elbek Jörayev – haqiqatan ham Zafarjon Töraqulovning qarindoşi (turmuş örtoğining jiyani).
“Biz boşqaramiz, sizlar işlab berasizlar”
Ibrohimovaga köra, viloyat hokimining oğzaki topşiriği bilan obekt may oyining oxirigaça tayyor qilinişi kerak bölgan. Bu vaqtda kompaniya rahbari Turkiyaning Vital zavodi bilan oşxona uçun jihozlarni Özbekistonga yuborişni kelişişga uringan.
Muzokaralardan keyin zavod rahbari 552 ming dollarga olinişi kerak bölgan oşxona jihozlarining 300 ming dollarini hozir tölaş kerakligini, qolgan 252 ming dollarini esa oxirgi TIR çiqib ketguniça berilişini aytgan. Buning uçun eksport-import şartnomasi tuzilib, 300 ming dollar pul turk investorlari tomonidan tölangan. Bu haqda Kun.uz suhbatlaşgan turkiyalik investorning vakili Ali Kirlangiç sözlab berdi.
Turkiyaning Vital zavodi bilan tuzilgan şartnoma va 300 ming dollar tölangani haqidagi hujjat
“Biz zavodga 552 ming dollarga özimiz uçun moslaştirilgan barça peçlar, uskunalarni tayyorlattirib, şuning 300 ming dollarini zavodga töladik. 2 ta TIRga 154 ming dollarlik yukni yuklattirib, Beş bola postigaça (“Vodiy” TIF bojxona posti – tahr.) olib keltirgan vaqtimizda uni yana ortga qaytarib yubordik. Çunki Zafarbek 552 ming dollar miqdoridagi tovarlarning hammasi kelganidan keyin pulini tölab beraman dedi. Biz unga işonmadik, heç bölmasa, tovarlar kelgaç pulini qoplab berişingiz uçun rasmiy hujjat yozib bering deb söradik, uni ham yozib bermadi. Şuning uçun hokimning bu pulni tölab berişiga közimiz yetmadi. Şunday bölsa ham biz 154 ming dollarlik tovarlarni olib kelgandik. Lekin ularni reeksport qildirib, çegaradan qaytarib yuborişga majbur böldik.
Ali Kirlangiç, loyiha hammuallifi
Biz bu loyihani boşlagan vaqtimizda heç qanday muammo bölmayotgandi. Bizga işlaşimiz uçun bir ofis va yaşaşimiz uçun esa bir joy tayyorlab berişdi. Loyihamiz va obektning qurilişi 80-90 foizi bitgança, biror tösiqqa uçramadik. Lekin oxiriga kelganda Zafarbekning 2 ta odami Möydinbek, Dilşodbek va Toşkentda tadbirkorlik qiladigan 2 nafar Turkiya fuqarolari kelib, bizga bosim ötkaza boşlaşdi. 4 kişi işimizga aralaşib, stol ustiga urib “bundan keyin biz boşqaramiz, sizlar işlab berasizlar” deb qöpol munosabatda böla boşlaşdi.
Undan keyin biz yaşayotgan joyda internetimizni, çiroğimizni öçirib qöyişdi. Biz öşa joydan çiqib ketişimiz uçun maksimal harakat qilişdi. Hokimning sönggi qilgan harakatlari xuddi “hamma foyda turklarga emas, özimga bölsin” degan ma’noni berdi. Biz bu işdan katta zarar kördik”, – deydi loyiha hamkori Ali Kirlangiç.
Muazzam Ibrohimova ham hokim turkiyalik hamkorlar bilan aloqani uziş istagida bölgani haqida gapirmoqda.
“Hokimga telefon qilib, turklar özining mas’uliyatini bajarganini, endi qolganini ikkalamiz bajarişimiz kerakligini, hisobraqam oçib, “Turan Katering International” nomidan qolgan pulni çiqarib yuborişimiz kerakligini aytdim. Hokim esa jim, javob yozmadi. Öşa kuni quriliş obektiga borib, ukamga bir söm çiqarmasligini, qurilişga pul sarflaganini aytgan.
Keyin şu yerda bir ğalati gap böldiki, “opa, nima qilasiz, bularning pişirgan ovqatini it yemaydi-ku, şularning sotib olgan narsasini olib, özini ketkazib yuboraylik, özlaringiz işlayveringlar, foydasi siz va menga böladi”, dedi. Men kelgan odamlar mutaxassis ekanini, ularni yöqota olmasligimni, [ularsiz] tizimni işlata olmasligimni aytdim. Bular har bir bolaga individual yondaşilgan dasturlar yozib çiqişgani, dasturlarda oila, boğça, umumiy ovqatlaniş korxonasi, şifoxona, vazirliklarning hammasi ulanib, bolaning salomatligini nazorat qilişi mumkinligini gapirdim. Ya’ni har bir ota-ona bolasi uçun nima ovqat pişirilayotgani, nima ovqat yeyotganini köradi, vazirning özi ham videokameralar orqali kirib tomoşa qilişi mumkin. Şularni aytsam, hamma gaplarim safsata ekanini, pul bermasligini ta’kidladi. Men uçinçi ta’sisçi bölib qöşilganini eslatdim, şu bilan fikridan qaytmadi”, – deydi Ibrohimova.
“Xohlasang-xohlamasang göştni öğirlaşga majbur bölasan”
Ibrohimova hokim bilan suhbatda masalani ijobiy hal qilolmagaç, turk hamkorlarini çaqirgan va hokim bilan qayta uçraşuv belgilagan. Suhbatdoşga köra, şahar rahbari uçraşuvga kelmagan, örniga uning katering tizimini bilmaydigan qöl ostidagi odamlari kelib, ikkinçi tomonni söroq qilib, qöpol gaplaşgan.
“Xullas, ertasi kuni hokimsiz oldimga kelib, “hokimni esdan çiqaringlar, u bilan boğlanmaysizlar, telefon qilmaysizlar” deb menga buyruq berişyapti. “Sizlar nega bu yerga keldinglar”, desak, stolga tars etib urib, “senlar işlaysan, biz nazorat qilamiz”, dedi. Professional kateringçilar işini pardaçi nazorat qiladimi? Qaysi qonunda yozilgan? Biz hamma narsani boşidan oxirigaça öylab, dasturlarni tuzib çiqqanimizda, menga “xohlasang-xohlamasang göştni öğirlaşga majbur bölasan” deb tavsiya beryapti. Biz qilgan tizimda bir gramm göştni öğirlab bölmaydi. Ya’ni bolaga ajratilayotgan haq töla-tökis bolaga yetkaziladi. “Majbur bölasan öğirlagani”... Agar aldayapti desa, ovozli yozuvlari bor. Yoki menga oldindan narxini oşirişni aytişyapti. Keçiradi-yu, bolalarga ajratilayotgan pul kam bölsa ham işimni körsatmasdan turib uni özgartirolmayman.
Şu bilan pul jönatmasligini aytdi, biz şokdamiz. Oşxona jihozlarini yuboradigan zavod oyoğimizni bitta etikka tiqyapti, tezroq pul çiqarişimizni aytyapti. Pul tölamaganimiz uçun zavod Gruziya çegarasiga yetgan 2 ta TIRimizni orqaga qaytardi. Juda xunuk iş-da. Hattoki, borib özimning çekimdagi 55 ming dollarni “Turan Katering International” nomidan çiqarib yuboraman desam, hisobraqami oça olmayapman, çunki 3-ta’sisçining pasporti bilan kelişi talab qilindi, lekin bu ta’sisçining na telefoni, na boşqasi bor.
Faqat pulni öyladi, şunça tikdim, bunça tikdim... Men tuşunyapman, lekin men undan katta xayhotdek joy qurib berişni söraganim yöq. Agar boşidan kelişuvimizda “men qurib beraman, içini özing töldirib, manga 5 ming dollardan berasan” deganida rozi bölmas edim. Buni özining manfaati, özini öylab, köproq pul topiş uçun qurgan”, – dedi Ibrohimova.
Suhbatdoşga köra, 40 foizli uluş egasi, ya’ni Jörayev Elbek Vohidjon öğli oşxona uskunalarini olib keliş uçun jami 154 ming dollar tölov qilişi lozim bölgan. Ammo bu amalga oşirilmagan.
Hokimiyat bergan izohga köra, Elbek Jörayev 15 mlrd sömga bino qurgan, taşabbuskorlar (turkiyalik investor va Ibrohimova) esa özining vazifasini bajarmagan. Biroq, Ibrohimova jami 6 ta TIR'dan 2 ta TIR bölsa ham jihozlar vaqtida olib kelingani va bojxona postida turganini aytdi. Yana 2 ta TIR esa pul tölanmagani uçun Gruziya çegarasidan qaytib ketgani, qolgan 2 tasi yuklaşga tayyorligi ma’lum qilindi.
Quvasoy şahar hokimiyati saytida berilgan rasmiy munosabatdan skrinşot
Kun.uz'ga taqdim qilingan hujjatga köra, “Turan Katering International” MÇJning 10 foiz uluşdori Muazzam Ibrohimova 60 ming yevro (812,8 mln söm), 40 foiz uluşdor Elbek Jörayev 240 ming yevro (3,3 mlrd söm), qolgan 50 foiz uluşdor turk tomoni esa 300 ming yevro (4,6 mlrd söm) miqdorida ustavni şakllantirişi kerak bölgan.
Iştirokçilarning ustav fondidagi uluşlari pul mablağlari, mol-mulk, köçmas mulk, asbob-uskunalar, intellektual mulk va boşqa körinişda kiritilişi mumkinligi qayd etilgan.
Vaziyatning eng e’tiborli nuqtasi tomonlar örtasida şartnoma tuzilmagani bilan boğliq.
“2 ta şartnoma taşlaganman. Men şartnomani eslatgan paytlarimda: “Viloyat hokimining kelgani, viloyat hokimining gapi 10 ta şartnomadan ortiq emasmi, viloyat hokimining unday-bunday degani sizlarga şartnomaning örnini bosmaydimi, Muazzam opa, sizlar avval jihozlarni olib kelinglar, keyin şartnomalar ham tuzilaveradi”, dedi. Biz yutqazgan joyimiz ham şu böldi. Ya’ni hozir sudga murojaat qiladigan bölsak, “qani şartnomalaring, sen ahmoqmisan, jinnimiding bunday iş qilgani? Nega hamma joyiga qöl qöydirmading, muhr yöq, kelişuv qilmading, nega ularning gapiga yoş boladek işonib qolding”, deydi. Ha, yoş boladek işondim”,– dedi Ibrohimova intervyu sönggida.
Hokim: “Investorlar özaro kelişolmayapti”
Holat yuzasidan Quvasoy şahar hokimi Zafarjon Töraqulov loyihada şaxsiy manfaati borligini rad etib, mojaroga investorlar örtasidagi kelişmovçilik deb baho berdi.
“Ularning investorlari Özbekistonga kelişgan, bu borada heç qanday qarşiliklar yöq. Ularga qanday joy kerak bölsa, sanoat zonalarida böş yerlarimiz bor dedik. Investorlar örtadagi mablağni kelişa olmayapti. Ular bunça pul tikasan desa, bunisi bunça tikasan deyapti, örtada qozilik qilib beryapman. Endi investor kelib qolsa, Quvasoyga investitsiya kirsa deb harakat qilyapmiz, lekin bularning örtasida moliyaviy mojaro kelib çiqyapti-da. Hozir firmani oçişgan, lekin ikkala tomon ham bir söm kiritmagan, şuning uçun töxtab turibdi. Binolari yöq, bitta binoni topib bergandim, örtada uning ham xarajatlarini kelişa olmadi, şu bilan töxtab turibdi-da”, – dedi u.
Töraqulov loyiha faqat boğçalar uçun möljallanmaganini aytdi.
“Bu loyiha faqat bolalar uçun emas-da. Quvasoyda sanoat korxonalari köp, “Kvars” bor, Quvasoy sement zavodi bor, yangi sanoat korxonalarimiz tuşyapti – bularning hammasini rivojlantiriş böyiça bir loyiha qilinyapti. Boşqa gap yöq bu yerda. Faqat bolalarni ovqatlantiriş haqida gap ketmayapti-da. Bolalarni ovqatlantiriş böyiça Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi bilan kelişilib, şartnoma qilinişi kerak, bu böyiça 100 foizlik kafolat berilgani yöq hali”, – dedi Quvasoy şahri rahbari.
U ta’sisçilardan biri bölmiş Elbek Jörayevga aloqasi yöqligini, bu borada aytilayotgan gaplarning hammasi notöğri ekanini ta’kidladi. Barça savollarga yozma ravişda javob taqdim qilinişini aytib, matbuot kotibi Kun.uz bilan aloqaga çiqişi va savollarimizni matbuot kotibiga berişimizni aytdi.
Ammo hozirda Quvasoy şahar hokimiyatining axborot xizmatida heç kim işlamayotgani sabab savollarni hokim Zafarjon Töraqulovning öziga yubordik. Şunça vaqt ötişiga qaramay, şahar hokimi savollarimizga javob bermadi, takroran qönğiroqlarimizni esa kötarmadi.