Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston IHTning tranzit tashuvlari bo‘yicha bitimiga qo‘shilmoqchi
Joriy yil Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti transport vazirlarining 12-yig‘ilishi o‘tkaziladi.
2023 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Xusrav Noziriy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Video-konferens-aloqa shaklida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga kiruvchi davlatlar o‘rtasida transport kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi.
Muloqot chog‘ida joriy yil Toshkent shahrida transport vazirlarining 12-yig‘ilishini o‘tkazish, ushbu tadbirning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tranzit tashuvlari bo‘yicha O‘zbekiston IHTning hadli bitimiga qo‘shilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
11:57 / 13.11.2025
Milliy yuk tashuvchilariga Latviya tranziti uchun ruxsatnomalar joyida beriladi
08:33 / 27.10.2025
Litva Kaliningradga tranzitni cheklash masalasini ko‘rib chiqadi
13:22 / 25.10.2025
Maxsus yuklar tranziti va favqulodda vaziyatlar sohasida huquqiy tartib kuchaytirildi
16:55 / 16.09.2025