15 sentabr kuni Favqulodda arab-islom sammiti doirasida iştirokçi davlatlar rahbarlari va boş diplomatlari ötgan haftada Dohaga qilingan Isroil hujumidan söng Qatarni qöllab-quvvatladi.
Şuningdek, arab va musulmon yetakçilari Isroilning Ğazodagi uruşini qirğin kampaniyasi deb atadi.
Arab Ligasi va Islom Hamkorlik Taşkilotining (IHT) navbatdan taşqari qöşma majlisi duşanba kuni qariyb 60 ta a’zo davlatni töpladi. Yetakçilar bu yiğilişni Isroil tomonidan sodir etilgan «mislsiz keskinlik»dan söng yagona xabarni yetkaziş uçun muhim lahza deb ataşdi.
Arab va musulmon yetakçilari Qatarga birdamlik bildirayotgan bir paytda, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Isroilda Netanyahu bilan uçraşib, Isroilning keskin pozitsiyasini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Aslida rasmiy Vaşington Qatarga hujum yuzasidan özini noqulay ahvolda qoldirilgan, deb hisoblayotgan edi.
Sammit yakunida Arab Ligasi va Islom Hamkorlik Taşkiloti a’zolari tomonidan rasmiy bayonot qabul qilindi. Hujjatda köplab bayonotlar va umumiy prinsiplar mavjud, lekin konkret amaliy çora-tadbirlar nisbatan çeklangan. Xususan:
- Isroil bilan diplomatik va savdo-iqtisodiy munosabatlarni qayta körib çiqiş taklif qilindi;
- Fors körfazi davlatlari qöşma mudofaa mexanizmini («joint defence mechanism») işga tuşirişga tayyor ekani bildirildi;
- Isroilning harakatlari uçun xalqaro hisobdorlikni ta’minlaş, şu jumladan, BMT, tijorat va huquqiy organlar orqali çora köriş kabi takliflar bildirildi.
Sammit qatnaşçilari nima dedi?
Qatar amir Şayx Tamim bin Hamad Ol Soni sammitni «qörqoq va xoinona» hujumga qarşi «amaliy va qat’iy çoralar» körişga çaqirdi. Unga köra, zarba HAMAS rahbarlari AQŞning sulh taklifini örganayotgan paytda amalga oşirilgan.
«Mamlakatim poytaxti xoinona hujumga uçradi. Bu hujum HAMAS rahbarlari oilalari va ularning muzokara delegatsiyasi joylaşgan uyga qaratilgan edi».

Şayx Tamimning aytişiça, Isroil Ğazodagi uruşni tugatişni xohlamaydi, balki «muzokaralarni buzişga» intilmoqda.
«Agar garovdagilarni ozod qilişga bu qadar urğu berayotgan bölsangiz, nega barça muzokaraçilarni öldirasiz? Bizning yurtimizda Isroil delegatsiyalarini qabul qila turib, ular samolyot va dronlar jönatib, bizni bombardimon qilişi qanday mantiqqa töğri keladi?» deydi Qatar amiri.
Amir qöşimça qilişiça, Netanyahu arab mintaqasini Isroil ta’sir doirasiga aylantirişni orzu qilmoqda. «Bu xavfli xayol», dedi u.
«Isroil va HAMAS muzokaralari AQŞ va Misr yordami bilan sezilarli natijaga yaqinlaşgandi. Bu köplab garovdagilar ozod qilinişiga olib keldi. Ammo Isroil özining qaysarligini davom ettirib, uruşni töxtatişni istamayapti», deya Qatar amiri şayx Tamimning sözlarini keltirmoqda Al-Jazeera.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan esa Isroil rasmiylarining «oçköz, qonxör tafakkurda» ekanini aytib, Netanyahu hukumatini mintaqani qonga botirişda aybladi.

«Biz tartibsizlik va qon tökilişidan oziqlanadigan terroristik tafakkurga duç keldik. Bu tafakkur bir davlat qiyofasida mujassam. U BMT nizomini oçiqçasiga buzmoqda, xalqaro tizimni e’tiborsiz qilyapti va jazolanişsiz yaşamoqda».
Erdöğan Doha hujumini «Isroil bosqinçiligining yangi bosqiçi», dedi.
«Isroilga iqtisodiy bosim ötkaziş kerak. Ötmiş tajribasi bunday bosimning samarasini körsatgan. Falastin xalqining deportatsiyasi, genotsidi yoki bölinişini qabul qilolmaymiz», dedi u.
Misr prezidenti Abdul Fattah as-Sisi esa Isroilning nazoratsiz xatti-harakatlari mojaroni yanada kuçaytirişi va mintaqani beqaror qilişini aytdi.
«Men Isroil xalqiga şuni aytmoqçimanki, bugun sodir bölayotgan voqealar mavjud tinçlik kelişuvlarini buzmoqda va oqibatlari oğir böladi. Isroil xavfsizligi kuç bilan emas, qonun va davlatlar suverenitetiga hurmat bilan ta’minlanadi», dedi Sisi.
Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon «insoniyatning umumiy qadriyatlari» asosida birlaşişga çaqirdi:
«Biz bu tahdidlarga qarşi birlaşib turişimiz kerak. Yana jinoyatlar sodir bölsa, bunga çiday olmaymiz va sukut saqlamaymiz – na Ğazoda, na Bayrutda, na Yaman voqealarida», dedi u.

Eron yetakçisi, şuningdek, qatnaşçilarni Isroil rejimi bilan aloqalarni uzişga çaqirdi.
Iroq boş vaziri Muhammad Şiyo as-Sudoniy esa «har qanday arab yoki musulmon mamlakatining xavfsizlik va barqarorligi – umumiy xavfsizlikning ajralmas qismi» ekanini aytdi.
U qoralaşdan amaliy harakatlarga ötişni taklif qildi hamda «BMT Xavfsizlik Kengaşi va Boş assambleyasi, Yevropa Ittifoqi va boşqa xalqaro maydonlarga pozitsiyani yetkaziş uçun qöşma arab-islomiy qömita tuzişni» taklif qildi.
«Isroil tiyib qöyilmasa, yanada beqarorlik yuz beradi va heç kim uçun xavfsizlik ta’minlanmaydi», dedi u.

Iordaniya qiroli Abdulloh II Isroilga qat’iy javob bölişi kerakligini aytdi.
«Dohaga uyuştirilgan hujum Isroil tahdidi çeksiz ekanining tirik isbotidir. Javobimiz aniq, qat’iy va avvalo tiyib qöyuvçi bölişi kerak», dedi u.
Qirol Ğarbiy Sohildagi Isroil ekspansiyasi ikki davlat yeçimini yöqqa çiqarayotganini ham aytdi.
Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos ham xalqaro hamjamiyatni öz majburiyatlarini bajarişga, Isroilni javobgarlikka tortişga çaqirdi.
«Isroilning ekstremistik öng qanot hukumati tinçlik uçun hamkor böla olmaydi», dedi u. Abbos AQŞ va BMTdan qat’iy aralaşuv talab qildi.
Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov esa prezident Şavkat Mirziyoyevning sammit iştirokçilariga murojaatini öqib berdi.

Unga köra, Özbekiston prezidenti bayonotida «birodar Qatar xalqi va barça musulmon mamlakatlari bilan mustahkam birdamligini qayd etib, Yaqin Şarqda tinçlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan sönggi harbiy tajovuzni keskin qoraladi».
Malayziya boş vaziri Anvar Ibrohim esa qoralaşlar raketalarni töxtatmasligini eslatdi.
«Xalqimiz endi sözlardan çarçagan. Qoralaşlar raketalarni töxtatmaydi, deklaratsiyalar Falastinni ozod qilmaydi. Keskin, jazolovçi çora-tadbirlar qöllanişi şart», dedi u.

Malayziya şuningdek, Isroil bilan diplomatik aloqalarni ham töxtatişga çaqirdi.
Indoneziya vitse-prezidenti Gibran Rakaga köra Falastin masalasi faqat ularning özi emas, balki millatlarning omon qolişi va şa’ni hamdir. U BMT Xavfsizlik Kengaşidan qat’iy va zudlik bilan çora körişni talab qildi.
Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif Qatarga töliq birdamlik bildirişini aytdi.
«Isroil agressiyasini keskin qoralaymiz. Mintaqada adolatli va barqaror tinçlik uçun ikki davlat yeçimiga qat’iy sodiqmiz», dedi u.
Fors körfazi hamkorlik kengaşi boş kotibi Jasim Muhammad Albudayviy esa «AQŞdagi strategik hamkorlaridan Isroilni tiyib qöyiş uçun ta’sirini işlatişini kutamiz», dedi.
«Xomuşlikning özi ham jinoyat. Isroil armiyasi öziga hamma narsa mumkin deb hisoblamoqda. Şuning uçun ular bir mamlakatdan boşqasiga vayronagarçiliklar yoymoqda», dedi Arab Ligasi boş kotibi Ahmad Abu al-Ğayt.

Reutersʼning yozişiça, sammit kommyunikesida mamlakatlar Isroil bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalarni qayta körib çiqişga çaqirildi. Arab Ligasi boş kotib örinbosari Hossam Zaki buni – Isroil bilan munosabatlarga ega davlatlarni ularni qayta körib çiqişga da’vat deb izohladi.
Şu kunlarda Yaqin Şarqda bölib turgan Marko Rubio Isroildagi taşrifidan söng Qatarga keladi. U Dohani Ğazodagi mojaroni hal etişda konstruktiv rol öynaşni davom ettirişga çaqirişi kutilmoqda.
Ğazodagi uruş
Doha va Quddusda diplomatiya davom etayotgan bir paytda Isroil kuçlari Ğazo şahriga hujumlarini davom ettirmoqda. Mahalliy soğliqni saqlaş organlari xabariga köra, keça uylar va köçirilgan oilalar yaşayotgan çodirga berilgan zarbalarda kamida 16 falastinlik halok böldi.

Isroil armiyasi Ğazodagi eng baland bino bölişi mumkin bölgan 16 qavatli inşootni vayron qildi. 2023 yil oktyabr oyida Isroilning Ğazodagi genotsid körinişidagi uruşi 64 mingdan ortiq falastinlik ölimiga olib keldi.












