O‘zbekiston | 18:29 / 05.09.2023
20121
2 daqiqa o‘qiladi

Naqd valutani bojxonadan deklaratsiyasiz olib o‘tish miqdori oshirildi

100 mln so‘mgacha O‘zbekiston naqd valutasi va (yoki) naqd chet el valutasini bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan olib kirish yoki olib chiqishga ruxsat berildi. Avval bu miqdor 70 mln so‘m edi.

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qarorga ko‘ra:

  • jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 million so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi O‘zbekiston Respublikasining naqd valutasi va (yoki) naqd chet el valutasi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi. Ilgari 70 million so‘m edi.
  • Jismoniy shaxslar deklaratsiya to‘ldirish talab etiladigan belgilangan ekvivalentdan ortiq miqdordagi naqd valuta mablag‘larini bojxona nazorati shakllari qo‘llanmasdan oldin deklaratsiyalamagan holda bojxona organlari xodimlariga maslahat olish maqsadida taqdim etganda, bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga deklaratsiya to‘ldirish qoidalari bilan bog‘liq umumiy tushuntirishlar beriladi. Ilgari bu qoida mavjud emas edi.

Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid