O‘zbekiston | 08:54 / 08.09.2023
5801
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi

Toshkentda 16-, 25-, 117- va 150-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi. Qisqargan yo‘nalishlarda yangi avtobuslar harakati tashkil etiladi.

Toshkent shahridagi 16-, 25-, 117- va 150-sonli avtobus yo‘nalish harakat yo‘li qisqaradi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 12 sentabr kunidan 117-sonli «Do‘stlik 2 mavzesi-Food city savdo markazi» yo‘nalishining harakati Do‘stlik 2-mavzesidan Toshkent quvur zavodi bekatigacha qisqartiriladi. 117-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar Do‘stlik 2-mavzesigacha yetib olishlari uchun 2023 yil 4 sentabr kunidan yangi tashkil etilgan 144-sonli «Do‘stlik 2 mavzesi-Quruvchilar metrosi» avtobus yo‘nalishi xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjud.

12 sentabr kunidan 150-sonli «Chilonzor 25-dahasi-Yunusobod 19-dahasi» yo‘nalishining harakati Yunusobod 19-dahasidan Paxtakor metrosi bekatigacha qisqartiriladi. 150-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar Yunusobod 19-dahasigacha yetib olishlari uchun 2023 yil 4 sentabr kunidan yangi tashkil etilgan 157-sonli «Do‘stlik 2-mavzesi-Quruvchilar metrosi» avtobus yo‘nalishi xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjud.

16-sonli «Haydarobod mahallasi — Toshkent vokzali» avtobus yo‘nalishining harakati Haydarobod mahallasidan Navro‘z (TTZ) bozori bekatigacha qisqartirilsa, 25-sonli «Yunusobod 9-dahasi — Seleksiya instituti» yo‘nalishining harakati Seleksiya institutidan Navro‘z (TTZ) bozori bekatigacha qisqartiriladi.

Foto: Toshshahartransxizmat 
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid