Jahon | 08:59 / 09.09.2023
7455
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston va AQSh oxirgi savdo kelishmovchiligini hal qildi

Hindiston AQShning bir qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlarni kamaytirishga rozi bo‘ldi. Kelishuvga Nyu-Dehlidagi G20 sammiti oldidan erishilgan.

Foto: Global Look Press/Keystone Press Agency/CNP/Chris Kleponis

Hindiston va AQSh Nyu-Dehlidagi yigirmatalik (G20) sammiti oldidan Jahon savdo tashkilotidagi so‘nggi munozarali masalalarni hal qildi. 8 sentabr, juma kuni AQSh savdo vakili Ketrin Tayning aytishicha, kelishuv ikki tomonlama munosabatlarda «yangi sahifa ochadi». 

Ikki davlat o‘rtasidagi so‘nggi hal etilmagan tegishli mojaro Hindistonning parranda grippidan xavotiri tufayli Amerika Qo‘shma Shtatlaridan ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilish bo‘yicha cheklovlariga taalluqli. Endi Nyu-Dehli ba’zi Amerika mahsulotlari, jumladan muzlatilgan kurka va o‘rdak, shuningdek, yangi chernika va klyukva uchun tariflarni kamaytirishga rozi bo‘ldi. 

Bu harakat amerikalik ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy istiqbollarini yaxshilaydi, deydi Vashington. Oq uy ikki davlat o‘rtasidagi «yaqin va davom etayotgan hamkorlikni» ta’kidladi. Iyun oyida Hindiston va Qo‘shma Shtatlar 6 ta munozarali masalani hal qildi. Nyu-Dehli Qo‘shma Shtatlardan no‘xat va yasmiq uchun tariflarni kamaytirishga rozi bo‘ldi. 

Hindiston bosh vaziri va AQSh prezidenti kelgusi hamkorlikni muhokama qildi 

Shu kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi AQSh prezidenti Jo Baydenni o‘z qarorgohida qabul qildi. Uchrashuv yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar mudofaa, astronavtika va tadqiqot sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi, bu haqda qo‘shma bayonotda aytilgan. 

Mavzuga oid