Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida yangi hukumatlararo bitimlar tayyorlanyapti
Investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish va ikki tomonlama soliqqa tortishdan saqlanish bo‘yicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlash yuzasidan muzokaralar jarayoni boshlanadi.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov AQShga tashrifi doirasida AQSh savdo vazirining o‘rinbosari, AQSh savdo vakilining o‘rinbosari, Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashdi, shuningdek, Amerikaning yirik kompaniyalari rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston uchun GSP dasturining benefitsiar maqomini qayta tiklash, mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruh 7-yig‘ilishini tashkil qilish, ikki tomonlama savdo munosabatlarida to‘siqlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan qo‘shma maslahat platformasini yaratish doirasida hamkorlikni faollashtirishga hamda investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish va ikki tomonlama soliqqa tortishdan saqlanish bo‘yicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlash yuzasidan muzokaralar jarayonini boshlashga kelishildi.
Shuningdek, «yashil masalalar kun tartibi», «inson kapitalini rivojlantirish», xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish, iqtisodiyotda davlat rolini kamaytirish, xususiylashtirish hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish rejalashtirildi.
Amerika kiyim-kechak va poyabzal assotsiatsiyasi, Starlink, Medtronic, Colourizd, Pfizer, B2Gold, Morgan Stanley, Akin Gump, Cerberus Frontier va boshqa yirik kompaniyalar rahbariyati bilan ham muzokaralar olib borildi.

Banklar, kimyo korxonalari va uyali aloqa kompaniyalarini xususiylashtirish, innovatsion vaksinalar ishlab chiqarish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga ilg‘or texnologiyalar va dasturiy ta’minotni joriy etish loyihalarini amalga oshirish maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri AQSh investitsiyalarini jalb qilish masalalari kelishib olindi.
Mavzuga oid
22:39
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
22:11
Bu bizning hudud – Tramp Grenlandiya haqida
21:15
AQSh hududida noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarning bir guruhi Vatanga qaytarildi
17:12