Jamiyat | 11:20 / 11.09.2023
36275
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda 123 yoshga kirgan fuqaro vafot etdi

G‘ijduvonlik Rayhon Dilovaga berilgan fuqarolik pasportida uning 1900 yilda tug‘ilgani qayd etilgan.

Foto: Kun.uz

G‘ijduvon tumanining Armechan mahallasi Rabotiyon qishlog‘ida yashagan Rayhon Dilova 10 sentabr kuni 123 yoshida vafot etdi.

Rayhon Dilova O‘zbekistonning eng keksa fuqarolaridan biri edi. Fuqarolik pasportida uning 1900 yilda tavallud topgani qayd etilgan. Unga 2019 yil 20 avgust kuni 119 yoshida biometrik pasport berilgan edi.

Rayhon Dilova asli Buxoro viloyatining Vobkent tumanida tug‘ilgan, keyinroq G‘ijduvonga ko‘chib o‘tgan. Uning bir opasi va ikki singlisi bo‘lgan, ular yorug‘ olamni tark etishgan.

Turmush o‘rtog‘i Bilbek Norov ham 1993 yili 93 yoshida olamdan ko‘z yumgan. Ularning ikki qizi bo‘lgan. Momoning 30 nafar chevarasi va 8 nafar evarasi bor.

Rayhon Dilova uzoq yillar qishloq xo‘jaligi ishlari bilan band bo‘lgan, kolxozlarda ishlagan.

Mavzuga oid